• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sifatsiz, tugallanmagan va boshlanmagan: “Tashabbusli budjet” 2022-yildagi g‘olib loyihalar qanday amalga oshirilgani o‘rganildi

    “Yuksalish” umummilliy harakati 2022-yilda “Tashabbusli budjet”da g‘olib deb topilgan loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi hamda bu boradagi mahalliy aholi fikrini o‘rgandi.

    Foto: “Yuksalish” umummilliy harakati

    Monitoring davomida jami 135 ta loyiha obyektiga borilib, amalga oshirilgan ishlar holati ko‘zdan kechirilgan:

    • 69 ta ta’lim sohasidagi;
    • 10 ta yo‘l infratuzilmasi;
    • 5 ta suv ta’minoti;
    • 20 ta tibbiyot;
    • 31 ta obodonlashtirish.

    O‘rganishlar davomida 135 ta obyektdan 45 tasida (33 foizida) “Tashabbusli budjet” loyihalari amalga oshirilishida aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bir qancha holatlar aniqlangan.

    Xususan, 16 ta obyekt bo‘yicha ishlar sifatsiz amalga oshirilgan, 12 ta loyiha bo‘yicha ishlar yakuniga yetmagan, 7 ta obyekt bo‘yicha g‘olib deb topilgan loyihalar uchun mablag‘ ajratilmagan yoki to‘liq moliyalashtirilmagan, 5 ta obyekt bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar mavjud muammolarni to‘liq bartaraf etishga yetmagan, 3 ta loyihada pudrat shartnomasi tuzilmagani sababli ishlar boshlanmagan.

    Sifatsiz amalga oshirilgan loyihalar

    Sharof Rashidov tumani “Jizzax” MFY hududida joylashgan 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 209 dona (akfa) deraza romlari, 43 dona eshik, 4 dona temir (alyumin) eshiklar o‘rnatish hamda ichki va tashqi devorlarni pardozlash ishlarini olib borishga 940 mln so‘m ajratilgan. O‘rnatilgan eshiklarning tag qismi yerga qadar tegib turmagan holda ochiq joylar mavjud bo‘lib, qish faslida sovuq havo kirib turadi. Smeta hujjatlarida o‘rnatilgan alyumin eshiklarning oynalari ikki qavatli ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, bir qavatli oynalar o‘rnatilgan. Binoning ichki va tashqi devorlarni pardozlash ishlari sifatsiz bajarilgan.

    Qarshi shahridagi 4-sonli umumta’lim maktabida asosiy binoning tashqi va ichki qismini ta’mirlash, deraza va eshik romlarini almashtirish, yangi isitish qozonini o‘rnatish hamda sport zal pol qismini almashtirish uchun 1 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Ajratilgan mablag‘ evaziga maktab binosining tashqi va ichki qismi ta’mirlangan, deraza va eshik romlari almashtirilgan, isitish qozoni o‘rnatilgan. Biroq ta’mirlash ishlari sifatsiz bajarilgan, yangi deraza va eshik romlarini o‘rnatish ishlari hanuzgacha yakuniga yetkazilmagan. Shuningdek, 2022-yil dekabr oyida o‘rnatilgan isitish qozoni hozirga qadar sinovdan o‘tkazilib, foydalanishga topshirilmagan.

    Termiz tumani “Uychi qizil” MFYda joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy texnika bazasini yaxshilash uchun 600 million so‘m ajratilgan. Mablag‘ga piyola, likopcha, qoshiq, choyshablar xarid qilingan va Termiz tumanidagi 17-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga ehtiyoji doirasida bo‘lib berilgan. Qayd etilishicha, xarid qilingan ushbu buyumlar talab darajasida emas.

    Yakuniga yetkazilmagan loyihalar

    Andijon shahrida joylashgan 50-umumta’lim maktabida yangi sport zalini qurish uchun 1 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Biroq qurilish-ta’mirlash ishlari bir yil muddat o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan yakuniga yetmagan. Bugungi kunda bor-yo‘g‘i 65 foizi bajarilgan.

    Chust tumani “Yakkabuloq” MFYga Chust tuman Elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 9 dona 400 kWA transformator hamda 60 dona beton tayanchlar sotib olish va o‘rnatish uchun 600 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. Loyiha doirasida 8 dona 400 KWA transformator va 45 dona beton tayanchlar olib kelingan. 1 dona 400 kWA lik transformator va 15 dona beton tayanch kam keltirilgan.

    Guliston shahar 4-TIP bolalar sport majmuasi fasad qismi, tomoshabinlar joyi, hududni o‘rab turgan devorlarni ta’mirlash ishlari uchun 200 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. Biroq tadbirkorning loyihasi ekspertizadan o‘tmaganligi sababli loyihani amalga oshirish cho‘zilib ketgan. Bugungi kunda ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan.

    Guliston shahri “Nihol” mahallasi binosini qurib nihoyasiga yetkazish uchun 250 million so‘m ajratilgan. Mablag‘ to‘liq ajratilgan. Biroq binoning ichki qismidagi ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilmagan.

    Pudrat shartnomasi tuzilmagan loyihalar

    Pudrat shartnomasi tuzilmaganligi bois, Nurafshon shahar “Navro‘z” MFYda joylashgan tibbiyot birlashmasi muassasasini kanalizatsiya tizimini ta’mirlash (600 million so‘m) Bo‘stonliq tumani “Ma’rifat” MFYda joylashgan 54-sonli umumta’lim maktabining isitish tizimini joriy ta’mirlash (150 million so‘m) Toshkent tumani “Chig‘atoy” MFY ichki yo‘llarini asfalt qilish (1 milliard 200 million so‘m) loyihalari amalga oshirilmagan.

    Ajratilgan mablag‘lar mavjud muammolarni to‘liq bartaraf etishga yetmagan loyihalar

    Qarshi tumanidagi Beshkent “Markaziy” futbol o‘yingohini kapital ta’mirlash uchun 990 million so‘m ajratilgan. Ushbu mablag‘ evaziga o‘yingoh maydonidagi chim to‘liq almashtirilgan, uning drenaj va sug‘orish tizimi zamonaviy ko‘rinishga keltirilgan. Biroq mablag‘ yetishmovchiligi bois o‘rindiqlarni o‘rnatish ishlari va stadion asosiy binosini ta’mirlash ishlari to‘liq amalga oshirilmagan.

    Termiz tumani “Yangiyer” MFYda joylashgan Oilaviy shifokorlik punktini ta’mirlash uchun 990 million so‘m ajratilishi belgilangan. Biroq mablag‘ yetishmovchiligi bois loyiha to‘liq amalga oshirilmagan.

    Yuqoridagi muammolarni hamda monitoring davomida aholi fikrini inobatga olgan holda “Yuksalish” harakati quyidagi takliflar ilgari surmoqda:

    • “Tashabbusli budjet” jarayonida adolatni ta’minlash maqsadida, ijtimoiy obyektlarni alohida, mahalla infratuzilmasini alohida mavsumlarga ajratish;
    • loyihani o‘tkazish shartlariga “1 kishi 1 ovoz” prinsipini qat’iy belgilash;
    • g‘olib bo‘lgan tashabbuslarni loyiha smeta hujjatlarini jamoatchilik (tashabbuskorlar) ekspertizasidan o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
    • loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, tender e’lon qilish, shartnoma tuzish va g‘olib deb topilgan har bir obyekt bo‘yicha foydalanishga topshirish muddatlariga rioya etilishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatish;
    • loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda hisob-kitoblarning to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlash, shuningdek, zarur hollarda qo‘shimcha moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
    • obyektda amalga oshirilgan ishlar yakunlanganda buyurtmachi tashkilotdan tashqari obyekt rahbarining va jamoatchilik vakillarining qabul qilish dalolatnomasiga rozilik imzosini kiritish.
    10.08.2023, 15:32   Izoh (0)   5406
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2023-yilgi tashabbusli budjet uchun 2 trln so‘m ajratiladi

    10.02.2023, 16:17

    “Tashabbusli budjet” start oldi. Bu gal qanday bosqichlardan o‘tish kerak?

    17.07.2023, 11:54

    Andijon, Namangan va Samarqand viloyatlarida noqonuniy valyuta savdolariga chek qo‘yildi 

    10.08.2023, 14:46

    Namanganda 70 sotix yerni 70 ming dollarga sotishga uringan shaxs ushlandi

    10.08.2023, 14:25

    Shavkat Mirziyoyev gaz, elektr energiyasi va inflyatsiya masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi

    10.08.2023, 13:51

    Toshkent metrosi yerusti yo‘li bekatlariga nom berildi

    10.08.2023, 13:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kolumbiyaning sobiq prezidenti 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

    Dunyo | 2 avgust, 16:20

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35

    Putin Trampning ultimatumiga javob qaytarib, “Oreshnik” raketalari tizimli ravishda ishlab chiqarilayotganini aytdi

    Dunyo | 2 avgust, 15:25

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 15:06

    Yevropa shaharlari markazlarida ijara narxi qancha va so‘nggi 5 yil ichida qanchalik o‘zgargan?

    Sayohat | 2 avgust, 14:55

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.