Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 9-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 10,15 so‘mga pastlab, 11 664,86 so‘mni tashkil qildi. Yevro 6,47 so‘mga tushib, 12 796,35 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,58 so‘mga ko‘tarilib, 121,39 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun ko‘tarilgandi. Yevro ham oshib, rubl pastlagandi.