Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 4-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 7,22 so‘mga pastlab, 11 647,79 so‘mni tashkil qildi. Yevro 65,01 so‘mga tushib, 12 733,36 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,93 so‘mga pastlab, 124,39 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket to‘rt kun ko‘tarilib, 11 655,01 so‘mni tashkil etgandi. Yevro oshib, rubl pastlagandi.
Izoh (0)