• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Uni biror ayol bilan yolg‘iz qoldirib bo‘lmasdi”. AQSH prezidenti Jon Kennedining o‘ldirilishi, “yolg‘iz qotil” atrofidagi farazlar va beva Jaklinning keyingi turmushi

    AQSHning eng badavlat prezidentlari orasida Jon Kennedi ikkinchi o‘rinda turadi. Undan oldingi pog‘onadan Donald Tramp joy olgan. 35-prezidentning o‘sha vaqtdagi boyligi 1,1 milliard dollarni tashkil etgan.

    Qo‘shma Shtatlarda hech qachon qirollik oilasi bo‘lmagan, ammo Kennedilar klani bu nomga boshqalardan ko‘ra ko‘proq mos keladi. Ushbu sulolaning deyarli har bir a’zosi hukumatda muhim lavozimlarni egallagan.

    AQSHning 35-prezidenti Jon Kennedi
    Foto: AP Photo

    Nasl-nasabi badavlat irlandlarga borib taqaluvchi Jonga butun boyligi otasidan meros bo‘lib qolgandi. Otasi prezident Ruzveltning yaqin doirasiga kirgan bo‘lib, mamlakatning eng badavlat insonlaridan hisoblangan. Jon Kennedi avvaliga kelajagi porloq siyosiy karyera uchun tayyorlanmagan. Otasi bu borada ko‘proq katta o‘g‘li — Jozefga umid bildirardi. Shunga qaramay, bolaligidan nimjon va kasalmand bo‘lgan ikkinchi o‘g‘il maktabni yaxshi baholarga tamomlaydi, keyinroq esa Garvarda tahsil oladi. To‘ng‘ich o‘g‘ilning vafotidan keyin Kennedilar klani bor e’tiborni Jonga qaratishni boshlaydi. Bo‘lajak davlat rahbarini avvaliga uylantirish kerak edi.

    Jon Kennedi Jaklin bilan tanishgunga qadar tadbirlarga har safar yosh va go‘zal qizlar hamrohligida tashrif buyurib kelgan. U doim qayergadir shoshib yurgani bois atrofdagilar Jon haqida hazillar ham to‘qigan: “U to‘shakda ham bir ko‘zi bilan soatga qarab qo‘yardi”. Kennedining tanishlaridan biri esa uni “hamrohlarining sifatidan ko‘ra, soni” ko‘proq qiziqtirishi haqida aytgan. Amerikalik xotinbozning sarguzashtlari haqida afsonalar to‘qilgan. “Jon bilan biror ayolni yolg‘iz qoldirib bo‘lmaydi”, — deyishardi odamlar.

    Jon Kennedining yoshligi
    Foto: Wikimedia Commons

    Qirollarga xos to‘y

    1953-yilning sentabr oyida AQSHda qirollik oilasiga xos to‘y marosimi bo‘lib o‘tadi: bo‘lajak birinchi xonim bo‘lajak prezidentga turmushga chiqdi. “Butun tantana toj kiydirish marosimini yodga solardi”, — degan edi mehmonlardan biri. U vaqtda Kennedi Massachusets shtatidan saylangan senator edi. Siyosatchining otasi Jaklinni kelinlikka o‘g‘lining taklifiga ko‘ra emas, balki u taniqli davlat arbobining rafiqasi roliga eng mos keladigan nomzod bo‘lgani uchun tanlagan.

    Kelin ham, uning oilasi ham bu qadar dabdabali to‘yni xohlamagan, ammo Kennedilar klani marosimning barchaga ovoza bo‘lishini talab qiladi. “Siz faqatgina qizingizni turmushga beryapsiz, men esa bu to‘yda mamlakatni AQSHning bo‘lajak birinchi xonimi bilan tanishtirishim kerak”, — deydi Jonning otasi. Yoshlarning nikoh marosimiga 2 mingdan ortiq mehmon tashrif buyuradi, 1,2 ming mehmon ikki soat davomida yangi kelin-kuyovning qo‘lini siqib qo‘yish uchun navbatda turadi.

    Jon va Jaklinning to‘y marosimi
    Foto: Wikipedia
    To‘y marosimi kelinning oilasiga tegishli koshonada o‘tkaziladi. Tantana haqiqatda hashamatli edi: tansiq taomlar, ulkan to‘y torti, jonli musiqa, raqslar, shuningdek, mashhur mehmonlar — siyosatchilardan tortib Gollivud yulduzlarigacha. Juftlik asal oyini Meksikaning eng mashhur kurortlaridan birida o‘tkazishga qaror qiladi.

    Unashtiruv marosimida kuyov kelinga Van Cleef & Arpels brilliant va zumradi qotirilgan uzukni sovg‘a qiladi. Biroq Kennedi xonimga bu yoqmaydi, Oq uyga ko‘chib o‘tgach, u uzuk dizaynini o‘zgartirib, unga 2,88 qirotli brilliantni o‘rnatadi.

    Kennedining Oval kabinetga ko‘chib o‘tishiga yana sakkiz yil vaqt kerak bo‘ldi. Ammo bir foiz farq bilan bo‘lsada g‘alaba qozonish unga qiyinchilik tug‘dirmagan edi. Kennedining har safar teleekranlarda paydo bo‘lishi, puxta o‘ylangan rejalar asosida amalga oshirilgan. Xushsurat yosh prezident teledebatlar davomida o‘zining raqibi — respublikachi Richard Niksondan ko‘ra odamlarni o‘ziga ko‘proq jalb etardi.

    Ikkinchi jahon urushi faxriysi bo‘lgan Kennedi hokimiyat tepasiga kelgach bir qator ijtimoiy islohotlar o‘tkazadi. Soliqlar kamaytirilib, ijtimoiy sohaga ko‘proq mablag‘ yo‘naltiriladi.

    Kennedi prezidentligining asosiy voqealari sifatida SSSR bilan koinotni egallash poygasini boshlash, Berlin va Karib inqirozi hamda AQSHdagi irqiy kamsitishlarni yo‘qotish uchun jiddiy qadamlar tashlash ko‘rsatib o‘tiladi.

    Foto: Wikipedia

    Ijtimoiy sohadagi islohotlar va qora tanli fuqarolar huquqlarini oshirish to‘g‘risidagi qonun o‘ta konservativ kuchlarda Kennediga qarshi kayfiyatni kuchaytiradi. Kennedining raqiblari uni AQSHni yo‘q qiladigan “kommunist” deya ataydi. Ammo xalq Kennedini qo‘llab-quvvatlayotgan edi. 1963-yil mart oyida o‘tkazilgan so‘rovnomada 74 foiz amerikaliklar Kennedining ikkinchi marta saylanishiga ovoz beradi.

    1963-yil 22-noyabr kuni Jon Kennediga Dallasga tashrifi davomida suiqasd uyushtiriladi. U AQSH Maxfiy xizmatining dastlabki marshrutida ko‘rsatilmagan Texas ko‘chasi bo‘ylab prezident limuzinida harakatlanayotganida yaralangan edi.

    AQSH maxsus xizmatlarining sukunati

    Oradan salkam 60 yil o‘tayotgan bo‘lsa-da, Kennedining o‘ldirilishi zamonaviy tarixning eng bahsli va fojiali voqealaridan biriligicha qolmoqda. AQSH hukumati 35-prezidentning o‘ldirilishiga bog‘liq qator hujjatlarni 2022-yil noyabrda e’lon qilgan, biroq ularning ayrimlarini mamlakat manfaatlari nuqtayi nazaridan yana noma’lum muddatga maxfiy saqlashni ma’qul ko‘ryapti. Prezident Kennedining o‘ldirilishi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rgangan ekspertlarning baholashicha, 14 mingdan ortiq maxfiy hujjatlar Milliy arxivda qisman yoki to‘liq maxfiyligicha qolmoqda. Va bu 1992-yilda AQSHda qabul qilingan shaffoflik to‘g‘risidagi qonunning yaqqol buzilishi hisoblanadi — qonunga ko‘ra, mazkur hujjatlarning deyarli barchasi ommaga oshkor etilishi kerak edi...

    Li Xarvi Osvald prezident Kennediga o‘q uzganlik aybi bilan hibsga olinadi. Biroq oradan ikki kun o‘tib, ayblanuvchi Dallasdagi tungi klublardan birining egasi Jek Rubi tomonidan politsiya boshqarmasi koridorida, 70 ga yaqin politsiyachi va 50 dan ortiq jurnalist qurshovida otib o‘ldiriladi. Rubi Osvaldning qorniga yaqin masofadan o‘q uzadi, ayblanuvchini qurshab kelayotgan besh nafar agentdan hech biri hodisaning oldini olish uchun oldinda harakatlanmagan. Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan bir necha yil oldin “O‘ta maxfiy” tamg‘asi ostida e’lon qilingan fayllarda Osvaldning o‘sha vaqtda AQSHning ashaddiy dushmani bo‘lgan Kuba bilan aloqada bo‘lgani keltirilgan. Ammo Kennedining o‘ldirilishiga Gavananing aybdorligi borasidagi versiya ko‘plab ekspertlar tanqidiga uchragan.

    Kennedining Dallasga tashrifi
    Foto: The Washington Post

    Oradan bir necha o‘n yillar o‘tgach e’lon qilingan FQB hisobotlarida Kennedining o‘ldirilishiga Amerika mafiyasining aloqadorligi haqida so‘z boradi. Ko‘plab tadqiqotchilarning hisoblashicha, qotillik Jonning ukasi, o‘sha vaqtda mamlakat bosh prokurori lavozimida ishlagan Robert Kennedining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashi sabab amalga oshirilgan.

    Uorren komissiyasi xulosasidagi noaniqliklar

    AQSHning yangi prezidenti Lindon Jonson qotillikka bir hafta to‘lmasdanoq Jon Kennedining o‘ldirilishini tergov qilish bo‘yicha yetti kishilik komissiya tuzadi. Unga Qo‘shma Shtatlarning bosh sudyasi Erl Uorren boshchilik qilgan. Komissiyaning muhim a’zolaridan biri Allen Dalles bo‘lib, u Kennedi tomonidan 1961-yilda Bahia de Cochinos ko‘rfaziga bostirib kirilganida MRB direktori lavozimidan bo‘shatib yuborilgandi. Dalles va komissiyaning yana bir a’zosi Jon Makkloy xalqaro munosabatlarda ashaddiy konservator hisoblangan. Komissiya 552 kishini tergov qilgan bo‘lsa-da, ko‘plab asosiy guvohlarni surishtiruvlarga jalb etmaydi. Buning o‘rniga ular Federal qidiruv byurosining besh tomli hisobotidan foydalanadi — unda 25 mingdan ortiq sahifaga jamlangan turli materiallar to‘plangandi.

    Uorren komissiyasi 1965-yilda Osvald yakka tartibda ish ko‘rgan, degan xulosaga keladi, Kongressning boshqa bir tergovi esa 1979-yilda MRBning qotillikka aloqadorligini isbotlaydigan biror dalil topa olmaydi. Shunga qaramay, boshqa talqinlar ham hozirga qadar saqlanib qolgan. Kornel universitetidan bo‘lgan Edvard Epshteyn o‘zining “Tergov, Uorren komissiyasi va haqiqatni izlab” ishida komissiya a’zolari bevosita lavozim majburiyatlari bilan shu qadar band bo‘lganidan ishni ko‘rib chiqishga ularda deyarli vaqt bo‘lmaganini keltiradi. Yordamchi xodimlar esa murakkab masalalar bilan shug‘ullanishdan qochib, asosan, Osvaldning aybini isobotlash bilan shug‘ullangan. Figaro nashrida uzoq yillar muxbir bo‘lib ishlagan Leo Sovaj o‘zining “Osvald ishi” kitobida shunday deydi: “Li Xarvi Osvaldning prezident Kennedini o‘ldirgani haqidagi iddao mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi, yuridik jihatdan isbotlanmagan va axloqiy jihatdan nomaqbul”.

    Qo‘lga olingan Li Xarvi Osvald
    Foto: AP Photo

    Oliver Stoun tomonidan 1991-yilda suratga olingan “JFK” filmida esa Kennedi Lindon Jonson ishtirokidagi davlat to‘ntarishi natijasida o‘ldirilgani haqidagi versiya ilgari suriladi. 1960-yillar oxirida o‘tkazilgan jamoatchilik so‘rovi natijalariga ko‘ra, amerikaliklarning aksariyati Kennedini o‘limi fitna, Osvald esa bir o‘zi harakat qilmagan deya hisoblaydi.

    1990-yillarda qabul qilingan qonunga ko‘ra, qotillik tarixi elementlari keltirilgan ko‘plab hujjatlar e’lon qilinadi. Maxfiylikdan chiqarilgan fayllar prezident o‘limida biror fitna mavjudligini ko‘rsatadigan ishonchli dalillarni keltirmaydi. Ammo MRB va FQB Osvaldga oid ko‘plab ma’lumotlarni Uorren komissiyasidan yashirgani oshkor bo‘ladi. 1992-yilgi qonun doirasida e’lon qilingan materiallarda keltirilishicha, MRBning Mexikodagi boshqarmasi Osvaldni qotillikdan bir necha hafta oldin tekshirishni boshlagan. Shu bilan birga, unda Osvald Kennedini o‘ldirish niyati borligi haqida maqtanib yurgani qayd etilgan.

    Hujjatlardan kelib chiqadiki, agarda MRBning Meksikadagi boshqarmasi 1963-yilning sentabr va oktabr oylarida qo‘lga kiritgan ma’lumotlariga ishonib, tezkor harakat qilganida Kennedi Dallasga tashrifi davomida omon qolgan bo‘lishi mumkin edi. Polshadagi Fuqarolik ish instituti direktori, tarixchi va publitsist Rafal Gorskiyga ko‘ra, “Yakka qotil nazariyasi” o‘nlab yillar davomida AQSH hukumati tomonidan ilgari surib kelingan va Amerikaning nufuzli OAVlari tomonidan targ‘ib qilingan, unga qarshi fikr bildirganlar esa kulgiga qolgan. Uning aytishicha, Osvald FQB va politsiya tomonidan 12 soatga yaqin so‘roq qilingan bo‘lsa-da, uning na stenografik va na audioyozuvi mavjud. Bundan tashqari, uning yuzi va qo‘lida porox izlari ham topilmagan. Kennedi va Osvaldning sud-tibbiy ekspertizasini o‘tkazgan Parklenddagi Memorial kasalxona shifokori Chalz Krenshou o‘zining ikkita kitobida o‘qlar prezident avtomobilining old va orqa tarafidan otilgani to‘g‘risidagi taxminlarni ilgari suradi. Uning so‘zlaridan kelib chiqilsa, kamida ikki nafar killer bir-biri bilan aloqada bo‘lgan. Uorren komissiyasi mazkur xulosani inobatga olishni istamagan.

    Li Xarvi Osvaldning otilishi
    Foto: Wikimedia Commons

    Kennedi FRT qudratiga barham bermoqchi edimi?

    Shu bilan birga, ko‘plab tahlilchilar Kennedining o‘ldirilishiga uning Federal rezerv tizimi (FRT) monopoliyasini buzishga urinmoqchi bo‘lganini sabab qilib ko‘rsatadi. Gap shundaki, Jon Kennedi o‘limidan biroz oldin 11110-sonli qarori bilan AQSH Moliya vazirligiga FRTdan mustaqil ravishda dollar “chop etish” huquqini beradi. Bu orqali u 1913-yilda prezident Vilson tomonidan joriy etilgan monopoliyani buzmoqchi bo‘ladi. Mish-mishlarga ko‘ra, “moliyaviy korchalonlar” buning uchun prezidentni kechirmagan. Mazkur qaror bekor qilinmagan bo‘lsa-da, uning ijrosi amalga oshirilmasdan kelmoqda.

    Arxivlar maxsus xizmatlarga qarshi

    Milliy arxiv va yozuvlar boshqarmasining o‘tgan yili e’lon qilgan yozishmalaridan ko‘rish mumkinki, oxirgi yillar parda ortida MRB, FQB va boshqa agentliklar bilan hujjatlarni maxfiylikdan chiqarish bo‘yicha jiddiy kurash ketgan. Axborot erkinligi to‘g‘risidagi qonun doirasida qo‘lga kiritilgan yozishmalarga ko‘ra, arxiv ko‘proq ma’lumotlarni oshkor qilishga uringan. Kurash, ayniqsa, 2017-yilda, prezident Donald Tramp MRB va FQB tomonida bo‘lgan paytlarda qattiq kechgan. Tramp minglab hujjatlar mamlakat milliy xavfsizligi va tashqi siyosatga zarar yetkazishi mumkinligi sabab ularni oshkor etmaslik fikrini qo‘llab-quvvatlagan.

    So‘nggi yillarda MRB, FQB, Pentagon va boshqa kuch tuzilmalari Oq uy hamda arxiv bilan muzokaralarida materiallarni noma’lum muddatga sir saqlash kerakligini ta’kidlab kelgan. Ular buni hujjatlarda hozirga qadar tirik bo‘lgan razvedka va huquq-tartibot xodimlarining ism-shariflari hamda shaxsiy ma’lumotlari mavjudligi, ularning tarqalishi esa sobiq xodimlar hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkinligi bilan asoslashga uringan. 2022-yilda prezidentning o‘limini o‘rganish kampaniyasi ishtirokchilari AQSH hukumatiga qarshi da’vo arizasini kiritadi. 2018-yilda Mudofaa vazirligi Milliy arxivga Pentagon xorijiy hukumatlar, yadroviy qurollar, shuningdek, AQSHning harbiy asirlariga oid ma’lumotlarni o‘zida jam etgan 256 ta hujjatni maxfiy saqlashini bildirdi. Pentagon ushbu hujjatlarda “qotillikka to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqador qaydlar yo‘qligini” ta’kidladi.

    2022-yili AQSH prezidenti Jo Bayden hujjatlarni yana bir ko‘rib chiqish va dekabr oyida ularning katta qismini e’lon qilish bo‘yicha topshiriq berdi. Shunday bo‘lsa-da, Amerika yetakchisi Tramp kabi ayrim hujjatlarni maxfiyligicha qolishini istisno etmadi. Baydenning 1992-yilgi qonunga tayanib chiqargan qarorida harbiy mudofaa, razvedka operatsiyalari, huquq-tartibot organlari yoki xalqaro munosabatlar holatiga zarar yetkazadigan ma’lumotlarni oshkor etmaslikka ruxsat berilgan.

    Yopiq hujjatlar arxividan, shuningdek, 1964-yilda jurnalist Uilyam Manchester tomonidan Jaklin Kennedi va sobiq bosh prokuror Robert Kennedi bilan o‘tkazgan oltita intervyusining kassetalari ham o‘rin olgan. Bu yozuvlar Kennedilar oilasi tomonidan Milliy arxivga berilgan bo‘lib, u Manchesterning “Prezident o‘limi” bestselleri chop etilganiga 100 yil to‘lganida — 2067-yildan keyin ommaga e’lon qilinishi mumkin.

    Amerika xalqining nafratiga sababchi bo‘lgan Jaklin Kennedi

    1953-yilda Jaklin Buvye Jon Kennediga turmushga chiqqanida AQSHning eng sevimli insoniga aylangan edi. U turmushidan xursand bo‘lmasa-da, birinchi xonim uchun ideal namuna hisoblangan. Afsuski, juftlikning hayoti fojiaviy yakun topgan — Kennedi o‘ldirilgan. Ammo turmush o‘rtog‘i, AQSHning sobiq prezidenti o‘limidan besh yil o‘tib, 1968-yilda Jaklin Kennedi gretsiyalik milliarder Aristotel Onassisga turmushga chiqadi. Butun Amerika ayolning bu ishini “xoinlik” deb baholaydi.

    Aristotel Onassis va Jaklin Kennedi
    Foto: Wikipedia

    34 yoshga to‘lgan Jaklin ikki bolasi bilan beva qolgandi. 57 yoshli Onassis og‘ir daqiqalarda unga yordamga kelib, yonida bo‘ladi. Qanchadir vaqt davomida ular o‘z munosabatlarini sir tutib kelgan.

    1968-yilda Jon Kennedining ukasi Robert prezidentlik kampaniyasida ishtirok etgan. Saylovlar 5-noyabrda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq uning Onassis bilan to‘yi Robertning reputatsiyasiga ta’sir ko‘rsatishi va g‘alabasiga to‘sqinlik qilishi mumkinligini bilgan Jaklin (amerikaliklarning aksariyatiga sobiq birinchi xonimning gretsiyalik magnatga turmushga chiqishi yoqmagan) marosimni saylovlardan keyinga qoldirishga qaror qiladi.

    Jaklin Robertning o‘ldirilishi bois to‘yni nafaqat kechiktirmagan, balki uni oktabrga ko‘chirgan. “Onassis uning xavfsizligini ta’minlagan. Milliarderning Skorpiosi — Gretsiyada shaxsiy oroli, 75 kishidan iborat armiyasi va aviakompaniyasi bor edi. U ayol istagan barcha narsani muhayyo qilishga qodir bo‘lgan”, — deb yozadi O Pol Brandus.

    Jaklin Kennedi
    Foto: Wikimedia Commons

    Onassis sevgilisiga to‘y sovg‘asi sifatida 2 million dollar bergan. Juftlikning to‘yi kuyovning Gretsiyadagi shaxsiy orolida bo‘lib o‘tadi. Yangi turmush o‘rtog‘iga “roziman” javobini bergan Jaklin muxbirlarga Aristotel bilan juda baxtli ekanini ma’lum qiladi.

    Onassisning o‘limidan keyin boyligining katta qismi qizi Kristinaga o‘tgan. Jaklin esa deyarli hech narsasiz qolgandi. O‘shanda Kristina Jaklinga Onassislar oilasini tinch qo‘yib, boshqa hech narsaga da’vogarlik qilmasligi uchun 26 million dollar to‘lagan.

    03.07.2023, 09:33   Izoh (0)   27792
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Gilyotinaga qadam”. Yengil-yelpi hayot tarzi, farzandsizlik dog‘i va o‘zi aytmagan ibora bilan tanilgan Fransiya qirolichasi — Mariya-Antuanetta taqdiri

    31.05.2023, 09:52

    Yuzga tushgan chandiq, quldorlarga qarshi kurash va teatrda otib ketilgan prezident — Linkoln. Xalq orasida eng mashhur AQSH prezidenti taqdiri

    04.06.2023, 11:05

    “Yolg‘onlar imperiyasi” va rus terrorining boshlanishi. 10 marotaba suiqasdga uchragan imperator — Aleksandr II ning muvaffaqiyatsiz islohotlari

    09.06.2023, 09:43

    Gaagadagi Belarus elchixonasiga hujum uyushtirildi

    03.07.2023, 08:33

    Meksikada shahar meri timsohga uylandi

    02.07.2023, 23:47

    “Vaziyat keskin”: Polsha Belarus bilan chegarani qo‘riqlashga 500 nafar politsiyachi yuboradi

    02.07.2023, 22:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHdagi kompaniya havodan benzin olishni taklif qilmoqda

    Dunyo | 29 may, 20:10

    Uch qahramon: adabiyot va kinodagi arxetiplar

    O‘zbekiston | 29 may, 19:30

    Buxoroga Xitoydan 24 dona zamonaviy avtobus xarid qilindi

    O‘zbekiston | 29 may, 19:40

    Xorazmda 1 mlrd so‘mlik tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasi to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 29 may, 19:25

    Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlari samolyoti qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 29 may, 19:15

    117 kun davom etgan ochlik — sovet tuzumi tanqidchisi bo‘lgan yozuvchining taqdiri qanday kechgandi?

    Dunyo | 29 may, 19:00

    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi

    Reklama | 29 may, 18:00

    Hayotni tubdan o‘zgartirib yuborgan daholar haqidagi 6 ta film va serial

    Madaniyat | 29 may, 18:55

    Nyu Yorkda shahar aholisiga kommunal to‘lovlarni bitkoin orqali amalga oshirishga ruxsat beriladi

    Dunyo | 29 may, 18:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.