Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon skautlar kongresining yuzlab ishtirokchilari mamlakatda uzoq vaqtdan beri davom etayotgan haddan tashqari issiqlik tufayli kasalxonaga yotqizildi.
The Guardian xabar qilishicha, shu hafta boshlangan tadbirda 158 mamlakatdan 43 ming skaut ishtirok etgan. Biroq birinchi kunning oxiriga kelib, kamida 400 kishi bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi va charchoq kabi issiqlik bilan bog‘liq alomatlar kuzatilgan.
Chorshanba kuni issiq havo bilan bog‘liq yana 207 ta holat sodir bo‘lgan. Xususan, oromgohning ochilish marosimida 108 kishi o‘zini yomon his qilib, shifoxonaga yetkazilgan.
Taʼkidlanishicha, tadbir o‘tkaziladigan hududda tabiiy soya kam, atrof turli chodirlar bilan qoplangan. Hafta oxirigacha Koreyada issiqlik 35 daraja atrofida saqlanib qolishi kutilmoqda.
Izoh (0)