Rossiyaning 2-avgust kuni Izmail portiga uyushtirgan hujumi chog‘ida Ruminiya osmonida rus droni ko‘zga tashlandi. Bu haqda Tulcha kommunasi meri Tudor Chernegaga tayanib, Digi24 xabar berdi.
Bir necha mahalliy aholi dronlar Seatalxioedagi uylari ustidan uchib o‘tganini aytgan.
“Qo‘rquv juda katta. Qulagan dronlar aniqlanmadi. Ba’zi mahalliy aholi, dengizchilarda dron o‘rmonga qulagani haqida dalillar mavjud. Qidiruvlar olib borildi, ammo hech narsa topilmadi”, — deydi Chernega.
Ayni paytda Ruminiya Mudofaa vazirligi mazkur ma’lumotni rad etdi.
“Hodisa joyiga tergov guruhi jo‘natilgan, ular ommada tarqalgan ma’lumotni tasdiqlovchi hech narsa topmadi”, — dedi hukumat vakili.
Mudofaa vazirligi Rossiya tomonidan Ukrainaga uchirilgan dronlar hech qachon Ruminiya havo hududini kesib o‘tmaganini bildirdi.
Izoh (0)