Rossiyaning Leningrad viloyati Priozerskiy tumanida 2-avgust kuni 46 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda “Novosti Lenoblasti” xabar berdi.
Erkak 1-avgust kuni Solovyovka qishlog‘ida 11 yoshli qizga jinsiy tajovuz qilganlikda gumonlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u velosipedda qizning oldiga borib, unga sovg‘a berishini aytib, uni o‘rmonga olib ketgan.
Leningrad viloyatida qo‘lga olingan shaxs ro‘yxatdan o‘tmagani, rasman ishlamagani va Rossiyaga to‘rt yil avval kelgani aniqlangan. Jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlari fakti bo‘yicha erkakka qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)