Xorazm viloyati Yangibozor tumanida Gentra to‘qnashgan Damas yo‘lovchisi mashinadan uchib tushdi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat 31-iyul kuni Xorazm viloyati Yangibozor tumani hududida 4R-160 avtomobil yo‘lining 17- kilometrida sodir bo‘lgan. YTHda Gentra va Damas avtmobillari o‘zaro to‘qnashgan. 45 yoshli Gentra haydovchisi hamda 52 yoshli Damas haydovchilari yo‘l-harakati qoidalariga amal qilmasdan, transport vositasini boshqargan.
Oqibatda Damas ichida bo‘lgan fuqarolardan biri mashinadan uchib tushgan. Tan jarohati olgan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda Yangibozor tumani IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)