Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tuman Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Tuman ETK rahbari Q.X. elektr energiyasidan 779 million so‘m qarzdorligi sababli tarmoqdan uzilgan “A.B.” fermer xo‘jaligini elektr tarmog‘iga 5 kun muddatga qayta ulab berishi evaziga ushbu fermer xo‘jaligi rahbari A.B.dan 5 million so‘m pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)