Surxondaryo viloyati Angor tumanida Nasos stansiya va energetika boshqarmasida elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
Holat Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda joylarda o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlarida aniqlangan. Angor tumanidagi “Amu-Surxon” Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiya va energetika boshqarmasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelingan.
Ushbu boshqarmaga qarashli quvvati 250 kVt bo‘lgan suv nasosiga o‘rnatilgan elektr hisoblagichiga tashqi taʼsir ko‘rsatilgani maʼlum bo‘ldi. Natijada isteʼmolchiga 129,8 ming kVt/soat hisobga olinmagan elektr energiyasi bo‘yicha 129 million so‘m miqdorida qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirildi.
Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi. Nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Izoh (0)