“O‘zgidromet” yozning so‘nggi oyi uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Dunyoning yetakchi prognostik markazlari hisob-kitoblarini jalb qilgan holda, “O‘zgidromet” tomonidan tuzilgan dastlabki baholash bo‘yicha 2023-yilning avgust oyi o‘rtacha issiq bo‘ladi.
Oyning dastlabki besh kunligida maksimal havo harorati 35-40 daraja atrofida bo‘ladi, so‘ngra harorat foni 33-38 darajagacha pasayadi.
Keyinchalik avgust oyi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.
Kunduz kunlari harorat asosan 33-38 daraja atrofida, ayrim kunlarda 40 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda. Oyning ikkinchi yarmida harorat 30-33 darajagacha qisqa muddatli davrga pasayishi mumkin.
Faqat respublikaning ayrim, asosan tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Izoh (0)