Toshkent shahar Yunusobod tumanida ichimlik suvida mashina yuvgan erkak jazolandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
![](/static/Risolat/1qw.jpg)
Unga ko‘ra, Yunusobod tumani, “Ahmad Donish” MFY qurilish kompaniyalaridan birining ishchi xodimi ichimlik suvida mashina yuvayotgani aks etgan xabar tarqaldi. O‘rganish natijasida ishchi xodimga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 72-moddasiga binoan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi.
Shuningdek, shu va shunga o‘xshash holat qayta sodir etilmasligi yuzasidan fuqaroga nisbatan davlat inspektorlari tomonidan qat’iy ogohlantirish ishlari olib borildi.
Izoh (0)