Turkiyaning Alaniya shahridagi trassada qozog‘istonlik sayyohlar bo‘lgan ekskursiya avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi, ikki kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohat oldi. Bu haqda NTV xabar berdi.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-07-30_15-56-18.jpg)
Ma’lum qilinishicha, hodisa Okurjalar qishlog‘i yaqinida D-400 trassasida yuz bergan. Mikroavtobus svetoforda turgan yuk mashinasiga borib urilgan. Voqea joyida politsiya, jandarmeriya va tibbiy guruhlar ishlamoqda.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-07-30_15-56-06.jpg)
“Sayyohlik furgonining haydovchisi va ukrainalik gid voqea joyida halok bo‘lgan. Hodisa oqibatida 12 nafar sayyoh jarohatlangan. Ulardan 6 nafari og‘ir tan jarohati bilan Alaniya va Manavgat tumanlaridagi shifoxonalarga yetkazilgan”, — deyiladi xabarda.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-07-30_15-55-51.jpg)
Hozirda yuk mashinasi haydovchisi so‘roq qilinmoqda. Qozog‘iston konsuli YTH sodir bo‘lgan joyga ketgan.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-07-30_15-54-44.jpg)
Izoh (0)