Apple kompaniyasi haqida so‘z ketganda, birinchi bo‘lib inqilobiy texnologiyalar tilga olinadi. Ammo kompaniya oyoq kiyim ham ishlab chiqarganini ko‘pchilik bilmasa kerak.
Bir juft “o‘ta nodir” deya baholangan Apple krossovkalari Sotheby’s auksionida 50 000 dollarga sotilmoqda, bu hozirda mavjud bo‘lgan har qanday Apple mahsulotidan qimmatroq hisoblanadi.
Kamalak rangli Apple logotipi tushirilgan oq krossovkalar 90-yillarning o‘rtalarida Milliy savdo konferensiyasida kompaniya xodimlari uchun bir martalik sovg‘a sifatida tayyorlangan.
“Keng ommaga chiqarilmagan bu krossovkalar mavjud bo‘lganlari ichida eng noyobi hisoblanadi”, — deyiladi Sotheby’s katalogida.
Garchi krossovkalar chiqarish Apple uchun noodatiy hol bo‘lsa-da, 1986-yilda mazkur brend “Apple kolleksiyasi” deb nomlangan kiyim-kechak va aksessuarlarni ishlab chiqargan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Apple futbolkalarini 22 000 kishi sotib olgan.
Izoh (0)