Yaponiyada 9 mingdan ortiq odam issiq urishi tufayli kasalxonaga yotqizildi, 10 kishi vafot etdi. Bu haqda Kyodo agentligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
17-iyuldan 23-iyulgacha mamlakatda 9190 kishi issiq urishi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Yuqori harorat 10 nafar fuqaroning o‘limiga olib kelgan.
Anomal issiqlik tufayli kasalxonaga yotqizilganlar soni bir hafta avvalgiga nisbatan ming kishiga ko‘paygan. Issiq urishlarning aksariyati Tokioda qayd etilgan: poytaxtda 916 nafar jabrlanuvchi tibbiy yordamga muhtoj.
Eng zaif guruh pensionerlar deb atalgan. Kasalxonaga yotqizilganlar orasida jabrlanganlarning yarmidan ko‘pi 65 yoshdan oshganlardir. Yaponiyada harorat 35-36 daraja atrofida, biroq namlik tufayli havo harorati 5-8 darajaga yuqoriroq seziladi.
Izoh (0)