Rossiyaning Moskva shahrida ishlayotgan o‘zbekistonliklarning 36 million so‘m ish haqi undirib berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 17-iyul kuni 9 nafar o‘zbekistonlik Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi negizidagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va ularga huquqiy ko‘maklashish markaziga oylik maoshini undirib berishda amaliy yordam so‘rab, murojaat qilgan.
Markaz xodimlari ish beruvchi tashkilot – “Si Ar Si Si Rus” rahbariyati bilan o‘tkazgan muzokaralari natijasida fuqarolarning 278 ming rubl (taxminan 36 million so‘m) miqdoridagi oylik maoshi to‘liq undirib berildi hamda ularning bank kartalariga o‘tkazildi.
Izoh (0)