Surxondaryo viloyati Denov tumani maktabgacha taʼlim bo‘limi xodimlari 11,3 milliard so‘mlik budjet mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu bo‘yicha Hisob palatasi tekshruvining natijasi e’lon qilindi.
Palata tekshiruviga ko‘ra, tuman maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ayrimlarida qariyb 3 milliard so‘mga yaqin budjet mablag‘lari noqonuniy sarflangani bo‘yicha shubhali to‘lovlar aniqlandi. Shu asosda ishchi xodimlarga 2020—2023-yillarda hisoblangan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning hisoblanishi va to‘lanishi joyiga chiqqan holda tekshirildi.
Natijada jami 11,3 milliard so‘mlik budjet mablag‘lari maktabgacha taʼlim bo‘limi markazlashgan buxgalteriyasining ayrim masʼul xodimlari tomonidan noqonuniy o‘zlashtirilgani aniqlandi.
Izoh (0)