Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida ishlayotgan o‘zbekistonlik erkakka 15 mln so‘mdan ortiq ish haqi undirib berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2021-yil 25-dekabrda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida kelgan, biroq og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan samarqandlik T.Z. agentlikning Sankt-Peterburgdagi vakilligiga yordam so‘rab murojaat qilgan. Fuqaroning holati o‘rganilib, T.Z. farzandi bilan Sankt-Peterburg—Toshkent yo‘nalishidagi aviareys orqali Vatanga qaytarildi.
Shuningdek, agentlikning Krasnodar o‘lkasidagi vakili tomonidan shu yerda ishlayotgan o‘zbekistonlikning 120 ming rubl miqdoridagi oylik ish haqini undirib berishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Izoh (0)