Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan bozorlarning birida iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari sotilayotgani aniqlandi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Yakkasaroy tumanidagi dehqon bozorlaridan birida hamkorlikda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarda go‘sht, sut mahsulotlari, sabzavot va mevalarning iste’molga yaroqliligi tekshirildi. O‘tkazilgan tadbir davomida jami 24,5 kg yirik shoxli mol go‘shti hamda 25,5 kg istemolga yaroqsiz tovuq go‘shti mahsulotlari aniqlandi.
Iste’molga yaroqsiz mahsulotlar veterinariya-sanitariya qoidalariga binoan utilizatsiya qilindi. Shuningdek, tadbirkorlar va iste’molchilar o‘rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Izoh (0)