Buxoro viloyati Vobkent tumanida xotinini urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan erga jinoiy ish ochildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 7-iyul kuni soat 21:00 larda Vobkent tumani “Latifsobungar” mahallasida yashovchi, 1984-yilda tug‘ilgan R.Sh. ismli shaxs yashash xonadonida turmush o‘rtog‘i — 1986-yilda tug‘ilgan S.U. bilan oilaviy kelishmovchilik zamirida janjallashib, janjal vaqtida qo‘li bilan ayolining yuz va tanasining boshqa sohalariga qasddan urib, unga sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra o‘rta og‘irlikdagi tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan fuqaro R.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 126-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)