Toshkent shahrining Yakkasaroy va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida 19-iyul kuni elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 19-iyul kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Yakkasaroy tumani: “A.Qahhor” MFYning qisman hududlaridagi ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
- Chilonzor tumani: “Lutfiy” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr so‘ragan.
Izoh (0)