• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Atirdan bir tomchi qo‘liga to‘kdi. Ifor tarqadi. Olomon aqldan ozar darajada sarmast bo‘lib, unga sig‘ina boshladi — uni farishta deb o‘ylashdi”. “Parfyumer” filmi haqida

    2006-yili premyera qilingan “Parfyumer. Bir qotil tarixi” filmi yozuvchi Patrik Zyuskindning 1985-yilda yozilgan shu nomdagi romani asosida suratga olingan. Bu kitob o‘tgan yilmi, undan oldingi yilmi, bizda ham rasvo tarjima bilan nashr qilindi. Tarjimonning (umuman olganda, tarjimon deyish ham xato. Google translate’ga tashlab, tahrirsiz paqqos ko‘chirishni hamma ham eplaydi) noshudligini boshi osmondan qilingan nom orqali sezish qiyin emas: “Ifor. Bir mahkum tarixi”.

    Avvalo, shaxs oti (“Parfyumer”) mavhum narsa otiga (“Ifor”) aylantirilgani, qotil (qip-qizil manyak) bilan mahkum so‘zining umumiy nuqtalarini hisobga olmasa, deyarli tutashmasligi kundek ravshan. Ichidagi jumlalar esa mahallamiz masjidi oldidagi stolbalarda chuvalanib yotadigan simlardan farq qilmaydi. Mantiqsiz gap yakunlari, imloviy xatolar, mazmuni to‘mtoq matnlar “Kim millioner bo‘lishni istaydi?” ko‘rsatuvidagi savollar kabi faqat qon bosimingizni oshiradi, asabingizni egovlaydi. Shuning uchun kitobini emas, kinosini ko‘rishni tavsiya qilmoqchiman. Taqriz esa qoyilmaqom aktyorlar jamoasidan iborat aynan o‘sha film haqida bo‘ladi.

    “Parfyumer” filmidan kadr

    “Attor. Bir qotil tarixi”

    “Parfyumer” (keyingi o‘rinlarda attor so‘zi qo‘llaniladi) daho va shuhratparast insonning hikoyasidir. Barchani aqldan ozdiradigan darajada ifor taratuvchi atirni yaratish uchun 13 ta shafqatsiz qotilliklarni amalga oshirgan yosh daho Jan-Batist Grenuyning fojiaviy hikoyasi. Bunda ham “Prestij”dagidek daholik va yovuzlik, orzu yo‘lida insoniylikdan chiqish kabi g‘oyalar ilgari suriladi. Farqi, bu kino ancha shafqatsizroq.

    Sujet+tahlil

    Film oxiridan boshlanadi: qahramon irkit va qorong‘i zindonda o‘z ustidan o‘qiladigan og‘ir hukmni kutmoqda. Qamoqxonaning ne-ne qichiqiriqlarni yutib yuborgan devorlari ortida esa g‘azab otiga mingan olomon bor va ularning barchasi mahkumning qatl etilishini talab qilyapti. Nihoyat, sudya hukmni o‘qiydi: “Attorchilik bilan shug‘ullanib kelgan yosh yigit Jan Batist Grenuy xochga bog‘lanadi hamda uning barcha bo‘g‘in va suyaklari parchalanmaguncha temir tayoq bilan uriladi. Shundan so‘ng, u ming bir azobda o‘lgunga qadar xochda osig‘liq turadi. Odamlarning unga rahm-shafqat bilan qarashi yoki shunga o‘xshash iliq munosabati qat’iy  taqiqlanadi!”

    Keyin hammasi boshidan boshlanadi. Parij. 16-asr. Yoz. Shaharning dahshatli darajadagi iflos va badbo‘y qismida, sasib, bijg‘ib ketgan baliq sotiladigan rastalarning birida bir ayolni tug‘ruq tutadi. Bu Jan Batistning onasi edi. Ona balchiqqa botgan yo‘llardan o‘tayotgan odamlarga sezdirmaslik uchun stol tagiga o‘tib, ovozini chiqarmay baliq ichaklari va tangalari bilan to‘lgan axlat orasida go‘dakni dunyoga keltiradi. Biroz nafas rostlab olgach, hozirgina baliqning kallasini kesgan shilimshiq pichoqda bola bilan bog‘laydigan kindikni xotirjam kesib, chaqaloqni oyog‘i bilan itarib, tag‘in ishida davom etadi. Chaqaloq o‘sha paytdagi boshqa go‘daklardek bo‘g‘ilib o‘lib ketishi turgan gap edi, biroq qismatning rejalari boshqacha bo‘lib chiqadi.

    Atrofdagi eng jirkanch hidlardan ko‘z ochgan chaqaloq chinqirig‘i ayolni fosh qilib qo‘yadi. Ko‘p o‘tmay Jan Batistning onasi dorga tortiladi. Bolani esa Madam Gayyar bolalar uyiga topshirishadi. U yerdagi yetimlarga ortiqcha og‘iz kerak bo‘lmagani uchun dastlab go‘dakni yostiq bilan bo‘g‘ib o‘ldirmoqchi bo‘lishadi. Ammo qismat Jan Batistga tag‘in rahm-shafqat qiladi. Yillar o‘tadi, Grenuy voyaga yetadi. U juda xunukligi va g‘alatiligi uchun bolalar undan o‘zini olib qochishadi. Ammo uning favqulodda hidlarni ajrata olish qobiliyati bor edi. U ko‘zini yumib yuz qadam uzoqlikdagi botqoqlikda nima qimirlayotganini va undan qanaqa hid chiqayotganini tusmollay olardi. Barg, chirigan olma, o‘lib tosh qotgan kalamush — uning dastlabki hid tajribalari edi.

    Grenuy ozgina ulg‘aygach, Madam Gayyar uni tasqara bir teri oshlovchiga qora ishchi qilib sotib yuboradi. Grenuy har kimning ham irodasi ko‘tarolmaydigan qiyin sharoitda ishlaydi, o‘limga olib boruvchi kasalliklarga duchor bo‘ladi. Lekin hech narsa uni sindira olmaydi. Uning uchun yagona quvonch yangi hidlarni o‘rganishdir. Bir safar shahar bo‘ylab teri yetkazib berayotganda bir shirin, betakror ifordan sarmast bo‘lib, manzilidan burilib, hid ortidan ergashadi. Bu hid uni shunchalik qiziqtirib qo‘yadiki, o‘tkir burniga ishonib, xushbo‘y hid manbayi bo‘lmish yosh bir go‘zal qizning oldiga boradi. Qiz meni zo‘rlamoqchi deb o‘ylaydi, biroq Grenuy uni shunchaki to‘yib hidlagisi kelayotganini tushunmaydi. Natijada Grenuy uning ortidan borib baxtsiz tasodif bilan qizni bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘yadi. Qiz jon bergan bo‘lsa-da, uning hididan zavqlanadi va keyin sezdirmasdan yashirinadi. Biroq qiz o‘lgach, ifor ham taralmay qoladi. Shunda telba qahramonimizning eng xushbo‘y hidni yaratish xususidagi qotilliklarga to‘la g‘oyasi tug‘iladi.

    “Parfyumer” filmidan kadr

    “Amur va Psixeya”

    Kunlardan bir kun Grenuy Baldini ismli attor uyiga teri olib keladi. Bir vaqtlar Baldini o‘tmishda butun Parij bo‘ylab dong taratgan tengsiz attor bo‘lgan, endi uning davri o‘tgan, biroq italiyalik qariyada shuhratparastlik hissi so‘nmagan, xulosa qilib aytganda, o‘jar chol vaqtning chig‘irig‘iga qarshi harakatlanmoqchi bo‘ladi — g‘oyasi eskirganini tan olgisi kelmaydi. (Bu ishi bilan u o‘ttiz yillab kursisiga yopishib qolgan ba’zi korchalonlarni eslatib yubordi).

    Baldini Grenuyni yosh raqobatchisining “Amur va Psixeya” deb nomlangan atirini takrorlashga urinayotgani hamda barcha tajribalari muvaffaqiyatsiz yakunlanib, bundan qattiq tushkunlikka tushib qolgan vaqtida uchratadi. Grenuy esa umrida hidlab ko‘rmagan, hatto nomini ham bilmaydigan atirlarga to‘la shishalar bilan tasodifan Baldini laboratoriyasida o‘z instinktiga bo‘ysunib, ingrediyentlarni aralashtirib, o‘sha atirni takrorlab beradi. Baldini bu yosh iste’dodni shunchaki qo‘yib yuborishni istamaydi.

    Shundan so‘ng, Grenuy Baldiniga shogird tushadi. U Grenuyga sublimatsiya yordamida turli rang va narsalardan xushbo‘y hidni qanday ajratib olishni o‘rgatadi. Endi Grenuy bu mahoratni puxta o‘rganib, atirlarni qoidalarga muvofiq yaratishni o‘rganadi, lekin bir kuni ustozining mushugini ham ulkan atir moyi tayyorlab beradigan idishga solib tiriklay qaynatadi. Biroq hamma hidlarni ham birdaniga shishaga solib bo‘lmasligini anglab yetgach, tushkunlikka tushib, ketishni istab qoladi. Baldini esa bunga ruxsat beradi, faqat uning shartlari bor. Ketguniga qadar bir daftarni yangi atirlarni tayyorlash mumkin bo‘lgan eksperimentlar bilan to‘ldirib chiqish zarur. Jan Batist shunday qiladi ham. Ammo Grenuy ketishi bilan Baldini mo‘jiza sirlari yashirilgan daftarni quchoqlab, shirin orzularga berilib yotar ekan, tongga yaqin uning ajali bevaqt yo‘qlab keladi — sho‘rlik baxtiqaroning uyi sababsiz o‘pirilib tushadi.

    “Parfyumer” filmidan kadr

    13 ta begunoh qurbonlar va aqlbovar qilmas sehrli atir

    Grenuy Grasse shahariga keladi. Grasseda Grenuy taniqli parfyumerning bevasiga shogird tushadi. Bevada xushbo‘y hidlarni sintez qilish bo‘yicha butun boshli laboratoriya mavjud edi: har kuni pushti atirgul barglari ulkan shisha bochkaga to‘kilar va undan moyini olish uchun bir necha kun qaynatilardi. Telba yigit bochkadan o‘ziga xos tarzda foydalanishga qaror qiladi. Bir kuni somonxonada go‘zal qizni uchratib, uni o‘ldiradi. Jasadni xo‘jayinlaridan yashirincha bochkaga joylashtiradi. Shunday qilib, u o‘zining yangi atiri uchun birinchi ingrediyentni olishga muvaffaq bo‘ladi.

    Grenuyning sehrli formulasiga ko‘ra, qizlarning xushbo‘y ifori 13 ta bo‘lishi kerak. Shunday qilib, shahar bo‘ylab yosh, begunoh sohibjamol qizlarning sirli o‘limlari haqidagi munglig‘ hikoya boshlanadi. Odamlar dahshatga tushishadi, qotil kim ekanini aniqlash yoki ushlashning iloji bo‘lmaydi. Ayni paytda esa yosh attor o‘z maqsadiga yaqin kelgan: u 12 ta iforni to‘plagan, faqat bittasi yetishmayapti. Jan Batist qaysi qiz so‘nggi qurbon bo‘lishi kerakligini aniq biladi. Bu Laura — Fransiyadagi eng boy va nufuzli odam, shaharning ikkinchi konsuli Antuan Rishining maftunkor qizi.

    Antuan ancha aqlli odam edi. U qizining xavf ostida ekanini sezadi: manyak yo‘lidan chiqqan ayollarning emas, balki faqat eng go‘zallarini hayotidan mahrum qilayotganini fahmiga boradi. Konsul o‘ldirilganlardan allaqanday dahshatli to‘plamni tashkil qiladi, deb taxmin qiladi, ammo aniq faktlarga asoslana olmaydi. Cherkov rahbari uni vahima qo‘zg‘amaslikka, hammasi joyida ekaniga chaqiradi. Shaharda komendantlik soati e’lon qilinsa ham, ko‘nglidagi g‘ashlik tarqamagan konsul bir nima yuz berishidan xavfsirab, qizini shahardan ancha uzoqdagi qal’aga joylashtirib, manyakdan himoya qilishga qaror qiladi. Biroq bir kuni tongda qizidan xabar olish uchun uning yotoqxonasiga kirgan mehribon ota dilbandini yalang‘och, sochlari olingan holda topadi — so‘nggi ifor ham olingan edi.

    U qotil hali uzoqqa ketmaganini fahmlab, ortidan ta’qib qilishlarini buyuradi. Grenuy ushlanadi va shaxsan konsulning o‘zi uni so‘roqqa tutadi. Antuanning nega aynan mening qizimni o‘ldirding, deya tishlari orasidan vizillab chiqayotgan savoliga attor birgina javobni takrorlayveradi: “U kerak edi...”

    Keyin film boshidagi sahna takrorlanadi. Grenuyni jallod oldiga olib chiqishayotganda, u atirdan bir tomchi kaftiga surkaydi. Soqchilar muqaddas ifor qudrati bilan mahbusni qo‘yib yuborishadi, jallod Grenuy oldida tiz cho‘kib yig‘laydi. Odamlar bu farishtaning kiyimiga bo‘lsa-da teginish uchun unga yopishishga harakat qilishadi. Shunday qilib, qatlni ko‘rishga kelgan tomoshabinlar bir-biriga samimiy ehtiros bilan qarashni boshlaydi. (Ehtirosning ham samimiysi bo‘larkanmi? Ha, bo‘ladi va u odamga hirsdan ham kuchliroq ta’sir o‘tkazadi) Aqlini butunlay yo‘qotib, o‘zini hissiyotlar ummomiga topshirgan insonlar orasida orgiya boshlanadi. Jan Batist yap-yalang‘och ommani ichki qoniqish bilan bir muddat kuzatib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Mo‘jizakor atir hidi tarqagach, yalang‘och odamlar bir-biridan uyalib shosha-pisha kiyina boshlaydi va nima bo‘lganini eslay olishmaydi. Grenuyning o‘rniga esa bir begunoh odam qatl etiladi.

    “Parfyumer” filmidan kadr

    Xulosa sujet ichida

    Butun insoniyatni boshqara oladigan kuchga ega Grenuy daf’atan intilgan maqsadi unga baxt olib kelmasligini anglab yetadi. To‘g‘ri, uning qo‘lida har qanday quroldan ham kuchliroq narsa bor: istasa Papa uning oyoqlarini o‘padi, qirolicha cho‘risi bo‘ladi, mol-davlat va aysh-ishrat borasida qayg‘urishga hojat yo‘q, biroq u baribir baxtiqaro Grenuy bo‘lib qolaveradi. Harchand urinmasin, qo‘lidagi 13 go‘zal qizlarning qoni endi unga tinchlik bermaydi. Shundan so‘ng, Grenuy bir gala isqirt qashshoqlar bilan to‘lgan qovoqxona yaqinida mo‘jizakor atirni ochib, hammasini boshi ustidan to‘kadi. Hech bir so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydigan hiddan sarmast olomon Grenuyni osmondan tushgan farishtaga mengzab unga yopishishadi. Uni shunchalik qattiq sevishadiki, dastlab o‘pa ketishadi. Bora-bora muhabbat kuchayib, odamlar Grenuyni yeyishni boshlaydi va sahar chog‘i bechora yigitdan faqat bir qarich kiyim matosigina qoladi, xolos.

    Filmdagi mazmunni tushunish qiyin emas. Grenuy sevishni va sevilishni bilmaydigan odam. Uning yor-u birodari ham, hamdardi ham, maslagi ham bitta — hid! Tanaga tushgan kana singari Grenuy jamiki yaratiqlarning hidini so‘rib yashaydi. Rejissyorning taqqoslovi bejizga emas. Kanani olib tashlamagan har bir mavjudot umri oxir-oqibat o‘lim bilan yakun topadi. Undan kimki yuz o‘girsa yoki kim uni tashlab ketsa, sotib yuborsa hamma qahramonlar falokat yoki suiqasdlar natijasida o‘lib ketadi. Bu ishoralar bizga yovuzlikni haydagan bilan uni tugamasligini ta’kidlaydi.

    “Parfyumer” filmidan kadr

    Kinodan iqtiboslar

    U har doim boshqa odamlar tomonidan sevilishni xohlagan, chunki uning o‘zi ularni sevmagani uchun ulardan nafratlangan.

    Gullarning ruhi ularning iforida.

    Yolg‘izlik — bu odam bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yomon narsa. Va bu odam kambag‘al yoki boy, sodda yoki ayyor, ahmoq yoki daho bo‘lishidan qat’i nazar, yolg‘izlik tanlab o‘tirmaydi, eshikni taqillatmasdan kirib kelaveradi. Uning barcha eshiklarni ochadigan kaliti bor...

    Anfleraj — bu gullar uyqudagi kabi asta-sekin nobud bo‘lishiga nisbatan aytiladi.

    Qiziqarli faktlar

    — Bosh qahramoning familiyasi (Grenuy) “qurbaqa” degan ma’noni anglatadi. Bu ism balki yigitcha dunyoning eng chirkin va badbo‘y joyida – Parijdagi baliq bozorida tug‘ilgani uchun qo‘yilgandir, kim bilsin.

    — 1985-yilda yaratilgan “Parfyumer. Bir qotil tarixi” romani yozuvchi Patrik Zyuskindni jahonga tanitdi. Jahonning 47 dan ortiq tillariga tarjima qilingan ushbu asar bugungi kunga qadar 12 milliondan ortiq nusxada sotilgan.

    Azizbek Yusupov

    18.07.2023, 23:44   Izoh (0)   18988
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vaqtida so‘ralmagan erk tashnaligi, beg‘uborlik qobig‘i va ko‘zgudagi haqiqat. “Qora oqqush” filmidagi ishoralar talqini

    19.05.2023, 10:30

    “Ba’zida azaliy orzusiga erishish harakatida odam maxluqqa aylanadi...” — Nolanga “afsungar” maqomini olib kelgan “Prestij” filmi haqida

    17.06.2023, 23:30

    “Uddalab bo‘lmas topshiriq-7” filmi jahon prokatida 235 million dollar to‘pladi

    18.07.2023, 15:35

    “Hindiston go‘zali”, millionerning rafiqasi, ikki farzandning onasi: Bollivud yulduzi Juhi Chavlaning taqdiri qanday kechdi? (foto)

    18.07.2023, 12:36

    “Qo‘rg‘on sirlari”, “Oila” va bo‘sh vaqtni maroqli o‘tkazishga yordam beradigan boshqa turk seriallari (foto)

    17.07.2023, 17:50

    Video: O‘zi ishtirokidagi filmni yig‘lab tomosha qilayotgan Jeki Chan 

    15.07.2023, 15:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Eronning yadro dasturini rivojlantirishda Obamani aybdor deb atadi

    Dunyo | 20 iyun, 20:30

    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

    Reklama | 20 iyun, 19:30

    O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:20

    Afsonaviy inson: Maykl Jekson haqida kutilmagan haqiqatlar

    Musiqa | 20 iyun, 20:10

    Bloomberg: Eron Isroildagi shaxsiy kameralarga ulanib hujumlarini aniqlashtirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 20:01

    Yangi buklanadigan iPhone 2026-yilda sotuvga chiqadi

    Gadjetlar | 20 iyun, 19:50

    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

    Reklama | 20 iyun, 18:00

    Qozog‘iston politsiyasi tergovda sun’iy intellekt yordamchisini qo‘lladi

    Dunyo | 20 iyun, 19:40

    Jizzax va Buxoroda jami 2,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 19:27

    Luis Enrike “Botafogo”ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

    Sport | 20 iyun, 19:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.