Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi “harbiy operatsiya” jarayoniga ijobiy munosabat bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-07-16_21-21-58.jpg)
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qarshi hujumda Rossiya mudofaasini yorib o‘tishga urinishda “muvaffaqiyatga erishmadi”.
“Qarshi tomonning mudofaani yorib o‘tishga urinishda, jumladan, strategik zaxiralardan foydalanish vazifasida — ular hujum davomida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ukraina muvaffaqiyat qozonmadi”, — dedi u.
Rossiya rahbari “maxsus harbiy operatsiya”ning qanday kechayotganini ijobiy baholashini aytdi.
“Qo‘shinlarimiz o‘zini qahramonona tutmoqda. Ular Ukraina qo‘shinlariga kutilmagan tarzda hujumga o‘tadi, eng manfaatli pozitsiyalarni egallaydi”, — dedi Rossiya prezidenti.
Jurnalist Putindan “maxsus harbiy operatsiya”ning keyingi vazifalari nimadan iboratligini so‘radi.
“Kameralar o‘chirilganda buni alohida aytib beraman”, — deb javob berdi u.
Izoh (0)