Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.
Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022-yilning 1-mayidan 2023-yilning 1-mayiga qadar portugaliyalikning daromadi (maosh, mukofot pullari, bonuslar, homiylardan kelgan pullar va tijoriy loyihalardagi ishtirokdan olingan daromadlar) 136 million dollarni tashkil etgan.
Shu tariqa “An-Nassr” hujumchisi 2023-yilning eng ko‘p daromad ko‘rgan sportchisi sifatida Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi.
2022-yilgi rekord Lionel Messiga tegishli. Argentinalik futbolchining daromadi 130 million dollarni tashkil etgandi.
Izoh (0)