• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda aholining to‘g‘ri ovqatlanishini kompleks baholash boshlandi

    Strategik islohotlar agentligi O‘zbekistonda aholining to‘g‘ri ovqatlanishini kompleks baholash boshlanganini e’lon qildi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Ma’lum qilinishicha, bu boradagi keng qamrovli tadqiqot O‘zbekistonda ovqatlanish sohasida ISCAD (International Strategic Center for Agri-Food Development) tashkiloti tomonidan Strategik islohotlar agentligi huzuridagi Delivery Unit ofisi bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

    Loyihaning maqsadi aholining ovqatlanish odatlari va ratsionini har tomonlama baholash, sog‘liqqa ta’sir qiluvchi bilimlar, xulq-atvor omillari va obyektiv tibbiy ko‘rsatkichlarni o‘rganishdan iborat.

    Tadqiqot xalqaro KAP Survey (bilim, munosabat va amaliyotlarni baholash) metodologiyasiga asoslangan bo‘lib, antropometrik o‘lchovlar, klinik va tibbiy tekshiruvlar, biokimyoviy ma’lumotlarni yig‘ish hamda respondentlarning sog‘lig‘i tarixi bo‘yicha ma’lumotlar to‘plashni o‘z ichiga oladi. Hozirgi kungacha mamlakat bo‘ylab 13 mingdan ortiq xonadonlar ushbu tadqiqotda ishtirok etgan.

    Zamonaviy tibbiyot ilmi ovqatlanishni hayot sifati va surunkali yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga chidamlilikni belgilovchi asosiy omillardan biri deb tan oladi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, salomatlikning yomonlashuvi holatlarining aksariyati turmush tarzi, xususan, nomutanosib ovqatlanish va jismoniy faollikning yetishmasligi bilan bog‘liq.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2014 va 2019-yillardagi STEPS tadqiqoti ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, bu davrda tuz iste’mol qiluvchilar ulushi 15,6 foizdan 36,6 foizga oshgan, tavsiya etilgan miqdorda sabzavot va meva iste’mol qilmaydiganlar ulushi 67,2 foizni tashkil etgan, ortiqcha vazn va yuqori qon bosimi bilan yashovchilar soni ham sezilarli darajada oshgan.

    Ushbu tendensiyalar sog‘lom ovqatlanish modeliga o‘tish zarurligini yaqqol ko‘rsatmoqda. Noto‘g‘ri ovqatlanish organizmda moddalar almashinuvi buzilishlariga olib kelishi, qon tarkibida shakar va xolesterin miqdorining ko‘payishi orqali umumiy sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatishi va sog‘liqni saqlash tizimiga yukni oshirishi mumkin.

    Tadqiqot doirasida quyidagi 5 yo‘nalish bo‘yicha ma’lumotlar to‘planmoqda:

    • aholining ovqatlanish bo‘yicha bilim va amaliyoti;
    • antropometrik ko‘rsatkichlar (bo‘y, vazn, tana massasi indeksi);
    • biokimyoviy parametrlari (qon tarkibidagi shakar, xolesterin, mikroelementlar);
    • klinik salomatlik holati;
    • individual va oilaviy tibbiy tarix, ijtimoiy va maishiy sharoitlar.

    Qayd etilishicha ushbu ma’lumotlar aholining sog‘lom ovqatlanish tamoyillari bo‘yicha xabardorlik darajasini, ortiqcha vazn va yetarli ovqatlanmaslik holatlarini, ijtimoiy va xulq-atvor omillarining ta’sirini, shuningdek, hududiy xususiyatlarni aniqlash imkonini beradi.

    To‘plangan ma’lumotlar asosida milliy darajadagi dasturlar va tashabbuslar ishlab chiqiladi. Ular ovqatlanish sifatini yaxshilash, kasalliklarning oldini olish, aholining xabardorligini oshirishga qaratilgan maqsadli axborot kampaniyalarini tayyorlash va mazkur sohadagi qonunchilikni takomillashtirishga xizmat qiladi.

    “Shu bois, O‘zbekistonda ovqatlanish holatini baholash bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqot katta ahamiyatga ega. Bu salomatlikni mustahkamlash va hayot sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan, kompleks yondashuv tomon bosilgan muhim qadamdir”, deyiladi Strategik islohotlar agentligi xabarida.

    Ta’kidlanishicha, bunday tadqiqotlar xalqaro amaliyotda jamoat salomatligi sohasidagi yondashuvlarni shakllantirishda muhim o‘rin egallaydi. Ular ratsiondagi o‘zgarishlarni kuzatish, ilgari qabul qilingan choralarni baholash, yondashuvlarni takomillashtirish va barqaror natijalarga erishish imkonini beradi.

    5 avgust, 14:10   Izoh (0)   303
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda chivin orqali yuqadigan kasallik avj olmoqda: bemorlar soni 7 mingga yetdi

    Dunyo | 5 avgust, 17:25

    Geroin va fentanildan ham kuchli: dunyoda yangi narkotik tarqalmoqda

    Dunyo | 5 avgust, 17:15

    Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonda Gruziya bosh vazirini qabul qildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 17:04

    Kamroq ishlab, ko‘proq natijaga erishish: yulduzlar surunkali charchoq bilan qanday kurashadi?

    Shou-biznes | 5 avgust, 16:55

    Gavining yorqin o‘yini Fermin Lopesning “Barselona”ni tark etishiga sabab bo‘lishi mumkin

    Sport | 5 avgust, 16:50

    Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 16:38

    “AQSHda dori narxlari 1500 foizgacha arzonlashtiriladi” — Tramp

    Dunyo | 5 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda dollar kursi yana tushdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 16:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.