Mish-mishlarga ko‘ra, Jeyms Kemeron “Titanik” vayronalari tomon yo‘l olib, cho‘kib ketgan “Titan” batiskafi haqida serial suratga olmoqchi, deb xabar bermoqda Peopletalk nashri.
Hozirda rejissor yirik striming platformasi bilan suratga olish ishlari borasida muzokaralar olib bormoqda.
“ ‘Titan’da sodir bo‘lgan falokat dunyodagi eng yirik striming saytlaridan biri uchun g‘oya sifatida ko‘rilmoqda. Jeyms Kemeron loyiha rejissori sifatida ko‘rilayotgan birinchi nomzod. Bu mavzu uning qalbiga yaqin. U shunday hamdardlik bilan ‘Titanik’ haqidagi voqeani so‘zlab bergan edi. Uning bu loyihani amalga oshirishi aniq qadam edi. ‘Titan’ bortida bo‘lganlarning harakatlarini kuzatish — keng ko‘lamli ish, bu juda ko‘p vaqt, pul va resurslarni talab qiladi”, — deydi insayder.
Ma’lum bo‘lishicha, Jeyms Kemeron loyihaga Mett Deymon va Kumeyl Nanjianini taklif qilmoqchi.
“Titan” suvosti kemasi 19-iyun kuni Atlantika okeanida 3,8 kilometr chuqurlikda “Titanik” halokatga uchragan hududda radarlardan g‘oyib bo‘lgan edi. Suvosti kemasi bortida besh kishi bo‘lgan.
Izoh (0)