Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yaponiya va Janubiy Koreya o‘z hududlarida Amerika yadro qurolini joylashtirishga tayyorligini aytdi.
Bu haqda TIV rahbari Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasidagi (ASEAN) uchrashuv yakunlari bo‘yicha bergan intervyusida ma’lum qildi.
Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, NATO o‘z harbiy infratuzilmasining bir qismini Hind-Tinch okeani mintaqasiga, asosan, Vilnyusdagi NATO sammitida qatnashgan davlatlarga – Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya va Janubiy Koreyaga ko‘chirish maqsadida.
“Biz bu haqda ASEAN’dagi hamkasblarimiz va Xitoy vakili Van I bilan gaplashdik, u bilan bugun uzoq davom etgan uchrashuv o‘tkazdik”, — dedi Lavrov.
Iyun oyida AQSHning qanotli raketalarga ega atom suvosti kemasi olti yil ichida birinchi marta Janubiy Koreyaning Pusan shahri portiga kirdi. 26-aprel kuni ikki davlat prezidentlari Jo Bayden va Yun Sok Yol “yadroviy tiyib turish siyosatini kengaytirish”, AQSHning “yadro soyaboni”ni Janubiy Koreyagacha kengaytirishni nazarda tutuvchi Vashington deklaratsiyasini imzoladi.
Izoh (0)