Ukrainada harbiy xizmatga chaqiruvni rad etish bilan harbiy komissariyat (voyenkomat) formatini o‘zgartirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “TCH.ua” xabar berdi.
Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov mamlakat to‘liq shartnomaviy armiyaga o‘tish niyatida ekanini ta’kidladi.
“Biz yondashuvni o‘zgartirishimiz kerak, chaqiruvni bekor qilishimiz, professional armiya yaratishimiz kerak. Lekin urush bo‘lganda, bosqin bo‘lganda qatlamli zaxira reyestrini yaratish zarur. Bu asosiy kapitalimiz xalq ekani va ular bilan ishlash kerakligini anglatadi”, — dedi Reznikov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Ukraina harbiy komissariyatida mavjud bo‘lgan barcha “sovet merosi” tubdan o‘zgartirilishi kerak.
“Biz boshqacha yondashishimiz kerak, maksimal raqamlashtirish bo‘lishi kerak. Nisbatan aytganda, voyenkomatlar ma’muriy xizmatlar ko‘rsatish markazlariga aylanishi kerak”, — deya xulosa qildi Reznikov.
Izoh (0)