Skuterda ketayotgan erkak Nyu-Yorkning bir qancha hududlarida o‘tkinchilarga qarata o‘t ochdi, deb xabar bermoqda CNN. Natijada 87 yoshli qariya vafot etdi. Yana uch kishi yaralangan.
“Biz jinoyat motivlarini bilmaymiz”, dedi tergov byurosi boshlig‘i yordamchisi Jozef Kenni. “Hodisa videosidan ko‘rinib turibdiki, hujumchi hech kimni aniq nishonga olmagan, hech kimni kuzatib yurmagan. U o‘zining skuteriga minib, duch kelgan odamlarga qarata o‘q uzdi”, — dedi Jozef Kenni.
25 yoshli yigit otishmada gumonlanib hibsga olingan. Hozirda tergov davom etmoqda.
Nyu-York politsiyasi statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil aprel oyida zo‘ravonlik jinoyatlari soni 2021-yilning shu oyiga nisbatan 42,7 foizga oshgan. Bundan tashqari, so‘nggi ikki yilda shaharda qotilliklar soni 9,2 foizga oshgan.
Izoh (0)