9-iyul kuni seysmologlar Olmaotadan 266 kilometr uzoqlikda 4,8 magnitudali zilzilani qayd etdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoshidagi seysmik stansiyalar tarmog‘i tegishli ma’lumotni e’lon qildi. zilzila 9-iyul kuni tushdan keyin Olmaota vaqti bilan soat 14:54 da qayd etilgan. Zilzila episentri Xitoyda joylashgan. Magnituda 4,8 ballni, zilzila chuqurligi 10 kilometrni tashkil etgan.
Ma’lumot o‘rnida, 8-iyul, shanba kuni Afg‘onistonda ikkita zilzila qayd etilgandi. Ulardan biri Toshkent vaqti bilan 00:32 da sodir bo‘lib, 4,4 magnitudani tashkil etgan. Ikkinchisi esa Toshkent vaqti bilan 16:32 da 3,9 magnituda bo‘lgan.
9-iyul kuni Tayvan qirg‘oqlarida ham 5,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishi 31 mingdan sal ko‘proq odam istiqomat qiladigan Xenchun shahridan 77 kilometr sharqda yuz bergan. Hozircha vayronagarchiliklar va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q, sunami xavfi e’lon qilinmagan.
Izoh (0)