Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Tayvan qirg‘oqlarida 5,6 magnitudali zilzila qayd etilgan.
Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 19:47 da 31 mingdan sal ko‘proq odam istiqomat qiladigan Xenchun shahridan 77 kilometr sharqda sodir bo‘lgan.
Zilzila o‘chog‘i 6 kilometr chuqurlikda joylashgani xabar qilinmoqda.
Hodisa natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vayronagarchiliklar va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q, sunami xavfi e’lon qilinmadi.
Izoh (0)