Raab Collection AQSHning 16-prezidenti Avraam Linkolnning fuqarolar urushi (1861—1865) davrida yozgan nashr etilmagan maktubini Pensilvaniyada 85 ming dollarga sotdi, deb yozdi The New York Times.
Bungacha maktub 100 yildan ortiq shaxsiy kolleksiyada bo‘lgan, 2023-yil boshida u Raab kolleksiyasi tomonidan sotib olingan, 5-iyul, chorshanba kuni esa AQSH janubi-sharqidagi boshqa xususiy kolleksiyachiga sotilgan.
Maktub Avraam Linkoln tomonidan 1861-yil 19-avgustda yozilgan. Raab Collection direktori ta’kidlaganidek, bu “fuqarolar urushi boshida prezidentning fikrlari bilan tanishish” imkonini beradi.
Izoh (0)