23-oktyabr kuni Toshkent shahridagi “Xalqlar do'stligi” saroyida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan rossiyalik xonanda Grigoriy Lepsning konserti bekor qilindi. Bu haqda Afisha xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, xarid qilingan chiptalarni saroy yoki “iTicket.uz” kassalarida qaytarib olish mumkin.
Bundan tashqari, hozirda “iTicket.uz” saytida Grigoriy Leps konserti uchun chiptalar sotish boshlangani haqidagi e’lon o‘chirilgan.
Shuningdek, Madaniyat vazirligi ham holatni tasdiqladi. Vazirlikning Telegram’dagi kanalida yozilishicha, konsert “ayrim texnik sabablarga ko‘ra” qoldirilgan.
Bungacha Lepsning Qirg‘izistondagi konserti bekor qilingandi. Sababi rus xonandasi Rossiyaning Ukrainadagi bosqinini doimiy qo‘llab kelgan va urushni moliyalashtirishni ham boshlagan. Ijtimoiy tarmoq faollari shu tufayli uning mamlakatda konsert berishiga keskin qarshilik ko‘rsatib kelayotgandi.
Izoh (0)