Toshkent shahrida 6-iyuldan boshlab yangi yo‘nalishda avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2023-yil 6-iyul kunidan boshlab, 130-sonli Olchazor mahallasi—Food city savdo markazi avtobus yo‘nalishida 11 ta Yutong rusumli avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, 99-sonli Suvsoz mavzesi—Farxod bozori yo‘nalishiga qo‘shimcha 2 ta va 146-sonli Chinni bozori—Chorsu savdo markazi avtobus yo‘nalishiga qo‘shimcha 4 ta Yutong rusumli avtobus biriktirilishini ma‘lum qilindi.
Izoh (0)