• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Sobiq raqqosa, hanuzgacha avtobusda yuradi va mashhur obrazidan uyaladi: Aktrisa Gulchehra Jamilova 77 yoshda (foto, video)

    O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilovani Kumushbibi roli orqali o‘zbek ayollarining timsoliga aylangan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 77 yoshni qarshilagan bo‘lsa-da, uni go‘zallik va nafosat tark etgani yo‘q. 

    Foto: Kollaj

    “Qo‘rqib xipchin bilan uxlardik”

    Aktrisa Gulchehra Jamilova Toshkentda, ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. Ota-onasi farmatsevtika sohasida faoliyat yuritishgan. Oilada uch qiz va bir o‘g‘il farzand bo‘lishgan. U bolaligida aktrisa bo‘lishni xayoliga ham keltirmagan.

    Foto: Gulchehra Jamilovaning shaxsiy arxividan

    — O‘rtadagi soyning atrofida katta hovlimiz bo‘lardi. Bir hovlida ikki amakim va bir rus qo‘shnimiz bilan yashardik. Uyimiz bor-yo‘g‘i bir xonali dahlizdan iborat edi. Keyinchalik Lunacharskiy markazidagi hovliga ko‘chib o‘tganmiz. U paytlarda bu joylar xuddi dashtga o‘xshardi. Tulkilar bor edi, kechasi buvimning tovuqlarini yeb ketardi. Uylar hali bitmagani uchun yozda hovlida qator bo‘lib yotardik. Eng qizig‘i, har birimizning qo‘limizda xipchin bo‘lardi. Chunki kechasi qurbaqalar ustimizdan sakrab yurganida ularni xipchin bilan haydaymiz derdik. Meni ko‘pchilik og‘ir-bosiq inson deb biladi, ammo bolaligimda juda sho‘x va o‘yinqaroq bo‘lganman. Hatto, bir marta Vitya ismli qo‘shnimiz bilan janjallashib, uni oqar suvga ham itarib yuborganman. Dadam ishdan qaytganida onasi chiqib, arz-dod qilgandi. O‘shanda dadam rahmatli oyog‘imga arqon bog‘lab, daraxtga osib qo‘ygandi. Dadam har hafta to‘rtovimizni olib teatrlarga olib borardi. Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida “Doktor Voyjonim” baletini ko‘rib, raqsga mehr qo‘yganman. “Men raqqosa bo‘laman” deb niyat qilganman, — deydi Gulchehra Jamilova. 

    “Raqsni majburan tark etganman”

    Odatda, o‘zbek qizlarining raqqosa bo‘lishiga ota-onalari qarshi bo‘lishadi. Qahramonimizni esa dadasining o‘zi raqs maktabiga yetaklab borgan.

    Foto: Gulchehra Jamilovaning shaxsiy arxividan

    — Dadam san’atni yaxshi ko‘radigan, zamonaviy fikrlaydigan inson edi. Ammo juda qattiqqo‘l edi. Uning ruxsatisiz ko‘chaga ham chiqmasdik. U paytlari telefonlar bo‘lmasdi. Shu bois, maktabdan kelgan va to‘garakka ketgan vaqtimizni qog‘ozga yozib ketardik. Dadam san’atga befarq bo‘lmagani uchun 10 yoshimda Toshkent xoreografiya bilim yurtiga o‘zi olib borgan. Ozgina vaqtdan keyin “Qulog‘ingdan kun ko‘rinib qolyapti-ku”, deb Toshkent xoreografiya bilim yurtiga borishimni taqiqlagan. Undan keyin musiqa maktabiga o‘qishga borganman. Raqsga bo‘lgan mehrim ustun kelib, 7-sinfda O‘zbek Davlat xoreografiya bilim yurtiga hujjat topshirganman. Omadni qarangki, “Bahor” ansambli rahbari Mukarrama Turg‘unboyeva ansambl bilan Moskvaga gastrolga boradigan bo‘lgan. Sahnani to‘ldirish uchun raqqosalar kerak bo‘lgan va bilim yurtidan bir nechta qizlarni tanlab olgan. Ular orasida men ham bor edim. Mukarrama opaga nafaqat raqs tushishim, balki o‘zbek va rus tilida boshlovchilik qilishim ham ma’qul kelib, ansamblga qabul qilgan. Ammo u yerdagi faoliyatim uzoqqa cho‘zilmagan. Hindiston safariga borganimizda suv sepilgan polda raqs tushayotib, yiqilib tushganman. To‘pig‘im singan ekan, kuchli og‘riq bergan. Mukarrama Turg‘unboyeva raqsdan ketishimni istamay, noyob mumiyo ham topib kelgandi. Ammo ikki yillik davolanishlar samara bermadi. O‘rtamiyona raqqosa bo‘lishni istamay, raqs san’atidan ketdim, — deydi Gulchehra Jamilova.

    “Kumushbibi homilador bo‘lgan”

    Aktrisaga omad keltirgan rol shubhasiz “O‘tkan kunlar” filmidagi Kumushbibi roli hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, filmga 600 dan ortiq qizlar kasting topshirishgan. Xo‘sh, bu rol nega aynan Gulchehra Jamilovaga nasib qilgan.

    Foto: Gulchehra Jamilovaning shaxsiy arxividan

    — 1964-yili sobiq Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutiga hujjat topshirganman. Ammo Farg‘onadagi gastrol safari sabab imtihonga tayyorgarlik ko‘rolmaganman. O‘shanda Turob To‘laning “Lolaqizg‘aldoq” she’ri va etyud topshirib talaba bo‘lganman. Maqtanish emas-u, institutning eng oldi, a’lochi talabasi edim. Yaponiyaga konferensiyaga chaqirishganida ustozlarim Nina Timofeyeva va Nazira Aliyeva “Seni olib qolishadi, sotilib ketasan”, deb ruxsat berishmagan. Uchinchi kursda Chingiz Aytmatovning “Sarvqomat dilbarim” asari asosida spektakl sahnalashtirganmiz. U Butunittifoq san’at institutlari o‘rtasida o‘tkazilgan ko‘rik tanlovda g‘olib bo‘lgan. Qo‘shimchasiga menga “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasida ham g‘oliblikni berishgan. Qahramonimning ismi asal edi, unga havas qilib bosh farzandimga shu ismni qo‘yganman. 

    Foto: Skrin

    “O‘tkan kunlar” filmiga taklif etilishim juda qiziq bo‘lgan. Bir kuni teatr hovlisida tursak, Karim aka degan rejissor assistenti kelib “Kinoproba topshirib ko‘rmaysizmi?” degan. Mayli desam “O‘zingizga yaqin biror aktyor bilan boring”, degan. Ho‘p deb kursdoshim rahmatli Hojiakbar Nurmatovga aytganman. Ikkimiz proba topshirgani borganimizda faqatgina “Siz o‘shami?” deyishimni aytishgan. “Rosa so‘zlari kam ekan”, deb quvonganman. Oradan bir necha kun o‘tib institut ko‘chasida ketayotgan rejissor assistenti yo‘lning narigi tomonida turib “Gulchehra siz homiladormisiz?” deb so‘ragan. Xijolat tortib ha desam “eh” degandek qo‘lini siltab yana mashinaga o‘tirib ketgan. O‘shandayoq roldan umidimni uzgandim, ammo menga nasib qilgan ekan, — deydi aktrisa Gulchehra Jamilova.

    “Shifokor bo‘lardim...”

    Gulchehra Jamilova agar san’atkor bo‘lmaganida qaysi kasbni egallagan bo‘lardi? Bu savolga qahramonimiz quyidagicha javob berdi.

    Foto: Skrin

    — Shifokor bo‘lgan bo‘lardim. Baribir ota-onaning kasbi tortar ekan. Qizim Asal shifokorlikni tanladi. U ham 10 dan ortiq filmlarda suratga tushdi. Ammo nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaganidan keyin “Bo‘ldi endi rol o‘ynamayman”, deb qat’iy qaror qildi, — deydi aktrisa Gulchehra Jamilova.

    “Salbiy rol orzuyim edi”

    Aktrisani tomoshabinlar ijobiy rollarda ko‘rib o‘rganib qolishgan. Ammo u aktrisa sifatida ijobiy emas, salbiy rollarni ijro etishni orzu qilgan ekan. Faoliyati davomida “Sevgi afsonasi” filmida Malkani roli orqali bu orzusiga erishgani haqida so‘zlab bergan.

    Foto: Gulchehra Jamilovaning shaxsiy arxividan

    — Hindistonda suratga olish ishlari juda qiziq kechgan. Ular ikki enlik bo‘yoqlarni surtishar ekan. Men esa bunday pardozni umuman xohlamasdim. Shu kungacha pardozimni o‘zim qilaman va ortiqcha bo‘yoqlarni yoqtirmayman. Rolga taklif etishganida jon deb rozi bo‘lganman. Chunki salbiy rolni ijro etish orzuyim edi, — deydi aktrisa.

    “Shu rolimdan haligacha uyalaman”

    “Farmonbibi arazladi” spektakli o‘z davrining shlyageri bo‘lgan deyish mumkin. Taassufki, aktrisa bu spektakldagi rolidan haligacha uyalar ekan.

    Foto: Gulchehra Jamilovaning shaxsiy arxividan

    — Faqat men emas, juda ko‘p aktrisalar undagi rollaridan uyalishardi. Hozir ham televizorda namoyish etilsa, yuzlarim qizarib ketadi. U yerdagi xatti-harakatlarimdan uyalaman. O‘zimga yarashmagan rol o‘ynaganman, deb hisoblayman, — deydi aktrisa Gulchehra Jamilova.

    “Hamon jamoat transportidan foydalanaman”

    Aktrisa o‘zbek kinosi, teatri va dublyaj san’atiga munosib hissa qo‘shgan ijodkor hisoblanadi. Ammo u umri mobaynida kamtarona hayot kechirgan. Hozir ham suratga olish maydonchasiga borish uchun jamoat transportidan foydalanadi.

    Foto: Gulchehra Jamilovaning shaxsiy arxividan

    — “Voy siz ham avtobusga chiqasizmi?” deb so‘rashadi. Ha, shukrki, oyog‘im bor deb kulib qo‘yaman. Turmush o‘rtog‘im bilan faqat oylikka yashagan insonlarmiz. To‘yga chiqmaganman, bu ishni uddalay olmasligimga ko‘zim yetardi. Hozir ham jamoat transportidan foydalanaman. Odamlar bilan gaplashib ketish juda maroqli, — deydi aktrisa Gulchehra Jamilova. 

    “Teatrdan ketishimga sabab...”

    Aktrisa ayni kunda erkin ijodkor, u 2000-yildayoq teatrni tark etgan. Bunga aktrisaning jiddiy ranjigani sabab bo‘lgan.

    Foto: “MuhayoAli.com”

    — Rejissor Melis Abzalovning yangi talqindagi “O‘tkan kunlar” filmini suratga olish yakunida qalin qor yog‘gan tog‘da bir sahna qolgan edi. Shu kuni ham qorda oyog‘im toyib, qattiq yiqilganman, yelkam chiqqan. Og‘riq bilan o‘tgan to‘qqiz oylik azobim oxiri operatsiya bilan tugagan. Yuqoridagi ikkala holatda ham ish vaqtida jarohatlanganlik nafaqasini olmay, o‘z hisobimdan ta’til olibman. Mayli, o‘tgan ishga salavot... Qisqasi, ikki yil o‘z hisobimdan davolandim. Keyin­ yana o‘n kun o‘z hisobimdan ta’til so‘rasam, rad javobini berishgan. Shunda aynan 27-mart — Xalqaro teatr kunida o‘z xohishim bilan ariza yozib chiqib ketganman. Inson hurmati borida ketishni ham bilishi kerak, — deydi aktrisa Gulchehra Jamilova.

    04.07.2023, 13:40   Izoh (0)   27470
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Stop, olindi”: “Garri Potter” franshizasida sahna ortida yuz bergan qiziqarli voqealar 

    04.07.2023, 09:30

    “Bu dunyoda ‘yaxshi ishlading’dan ko‘ra yomonroq so‘z mavjud emas!” — “Qat’iyat” filmi haqida

    03.07.2023, 23:20

    “Indiana Jons va taqdir g‘ildiragi” filmi namoyishining birinchi haftasida 130 million dollar ishlab topdi

    03.07.2023, 16:40

    “Kalmar o‘yini”ning ikkinchi mavsumida 8 nafar yangi aktyor ishtirok etadi

    03.07.2023, 09:50

    Tashqi ko‘rinishi tufayli orzusidagi rollarga qabul qilinmagan mashhur aktrisalar (foto)

    30.06.2023, 19:40

    “Sohibjamol va maxluq” ertagining turkcha varianti — “Muhabbat afsonasi” seriali va uning qahramonlari haqida nimalar ma’lum?

    28.06.2023, 18:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.