• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Stop, olindi”: “Garri Potter” franshizasida sahna ortida yuz bergan qiziqarli voqealar

    Film yaratish jarayoni oson ish emas. Xuddi shu narsa eng daromadli film franshizalaridan biri — “Garri Potter”ga ham tegishli.

    Rejissor Alan Rikman linza taqishini bilib, hayratda qoladi

    Foto: AdMe

    “Alanga kubogi” rejissori Mayk Nyuell Alan Rikman roli uchun maxsus qora kontakt linzalar taqqanidan bexabar edi. Bir marta u aktyorning ko‘zlari rangini maqtaydi, Rikman esa ko‘zidagi linzalarni olib ko‘rsatadi.

    Griffindor va Slizerin o‘rtasidagi dushmanlik “Stop, olindi!” buyrug‘idan keyin ham davom etadi

    Foto: AdMe

    Tom Felton o‘z xotiralarida suratga olish maydonchasidagi bolalar o‘ziga xos klanlarni shakllantirganini aytadi. Biriga Deniel, Rupert va Emma, ​​ikkinchisiga Tom va boshqa Slizerinlar kirardi. Ular bir-birlariga hazil qilish imkoniyatini qo‘ldan boy berishmaydi. Bir voqea uchun Malfoy rolini o‘ynagan Tom hamon uyaladi: u Emma Uotsonni yig‘lashgacha olib boradi.

    Joan Rouling Emma Uotsonni Germiona roliga mos kelmaydi deb hisoblagan

    Foto: AdMe

    Intervyularining birida yozuvchi Joan Rouling Emma Uotsonni birinchi marta ko‘rganida xafa bo‘lganini tan oladi. Uning fikricha, yosh aktrisa Germiona roliga mos kelmaydi, chunki u juda chiroyli edi. Kitoblarda Rouling qahramonning asta-sekin qo‘pol qizdan jozibali xonimga aylanishini tasvirlagan. Biroq Emmaning tashqi ko‘rinishi bunga to‘g‘ri kelmasdi. Yozuvchi bu shunchaki kino ekaniga o‘zini ishontiradi. Bundan tashqari, u Emma ajoyib aktrisa ekanligini va uning xarakteri Miss Grenjerga mos kelishini ta’kidlaydi.

    Deniel Redkliff 12 tadan 20 tagacha tayoqcha sindiradi

    Foto: AdMe

    Mish-mishlarga ko‘ra, franshizani suratga olish paytida Deniel juda ko‘p rekvizitlarni buzgan. Ko‘pincha u sehrli tayoqchalarni sindirib qo‘yardi. Ba’zi manbalarda 60 yoki hatto 100 tagacha deyiladi.

    Denielning o‘zi bu mish-mishlarni tasdiqladi: u sehrli tayoqchalarni baraban sifatida ishlatganini aytadi, lekin 100 ta emas, 12 tadan 20 tagacha sindirgan bo‘lishi mumkin.

    Xelen Makkrori Bellatrisa rolini o‘ynashi kerak edi

    Foto: AdMe

    Nartissa Malfoy rolini ijro etgan aktrisa Xelen Makkrori dastlab asosiy yovuzlardan biri — Bellatrisa Lestrenj rolini o‘ynashi kerak edi. Ammo u homilador bo‘lib qoladi, shuning uchun uning o‘rnini Xelena Bonem Karter egallaydi.

    Lutsius Malfoy rolini ijro etgan aktyor tom ma’noda ekrandagi vaqtini uzaytiradi

    Foto: AdMe

    Jeyson Ayzeks Joan Roulingdan o‘z qahramonini qamoqdan ozod qilishini so‘raydi. Gap shundaki, Lutsius Azkabanga qamalishi va 6-filmda ko‘rsatilgan davrda u yerda bo‘lishi kerak edi. Ammo aktyor so‘nggi filmda ishtirok etishni shunchalik xohlaydiki, muallifdan tiz cho‘kib yolvoradi. Oxir-oqibat Lutsius “Garri Potter va ajal tuhfasi”ning ikkala qismida ham ishtirok etadi, hatto muhim rol o‘ynaydi.

    Emma Uotson butun jamoasining ishiga aralashib, xalaqit beradi

    Foto: AdMe

    “Garri Potter” filmining birinchi qismini suratga olish paytida Emma Uotson suratga olish maydonchasida birgalikdagi kadrlarni doimiy ravishda buzardi. Buning sababi u ssenariyni yoddan bilar va lablarini qimirlatib, vaqti-vaqti bilan Garri va Ronning satrlarini o‘ziga o‘zi takrorlardi.

    Rejissor suratga olishni to‘xtatib, “Emma, ​​sen yana Garrining so‘zlarini aytyapsan” derdi. Kichkina aktrisa darhol uzr so‘rab, qayta bunday qilmaslikka va’da berardi, lekin birozdan so‘ng yana lablarini qimirlata boshlardi.

    Rupert Grint “Xogvartsga qaytish” filmining suratga olish maydonchasida bo‘lmaydi

    Foto: AdMe

    Ziyrak tomoshabinlar Rupert Grint aktyorlar uchrashuvida bo‘lmagan degan nazariyani ilgari suradi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, aktyor alohida suratga olingan, so‘ngra montaj paytida uning kadrlari filmga kiritilgan.

    Gap shundaki, uchrashuvni suratga olish Londonda, muxlislar taxminiga ko‘ra, Rupert Grint Torontoda bo‘lishi va “Noyob narsalar xonasi” teleserialida suratga tushishi kerak bo‘lgan bir vaqtda bo‘lib o‘tgan. “Xogvartsga qaytish” filmining yakuniy titrlarida kanadalik mutaxassislarning ismlari ham qo‘shilgani sababli tomoshabinlar Rupert ishtirok etgan sahnalar Torontoda suratga olingan degan xulosaga kelishadi. Keyinchalik, ijodkorlar bu ma’lumotni tasdiqlaydi.

    Helena Bonem Karter biroz hayajonlanib, Metyu Lyuisning qulog‘iga jarohat yetkazib qo‘yadi

    Foto: AdMe

    Helena Bonem Karterdan boshqa hech kimni shafqatsiz jodugar Bellatriks Lestrenj sifatida tasavvur qilishning iloji yo‘q. Aktrisa bu obrazni shu qadar ishonchli tarzda gavdalantirganki, u Nevill rolini o‘ynagan aktyorni deyarli kar qilib qo‘yay deydi. Filmning beshinchi qismida Lestrenj bolani garovga olganida, aktrisa roliga shu qadar kirishib ketadiki, tasodifan Metyuning qulog‘iga tayoqchasi bilan urib, quloq pardasiga shikast yetkazadi. Keyinchalik Helena bu improvizatsiya teskari natija berganini tan oladi.

    04.07.2023, 09:30   Izoh (0)   8627
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yo‘rgakdanoq hashamatli hayot: badavlat oilalarda tug‘ilgan mashhurlar (foto)

    03.07.2023, 11:30

    “Bu dunyoda ‘yaxshi ishlading’dan ko‘ra yomonroq so‘z mavjud emas!” — “Qat’iyat” filmi haqida

    03.07.2023, 23:20

    “Indiana Jons va taqdir g‘ildiragi” filmi namoyishining birinchi haftasida 130 million dollar ishlab topdi

    03.07.2023, 16:40

    “Kalmar o‘yini”ning ikkinchi mavsumida 8 nafar yangi aktyor ishtirok etadi

    03.07.2023, 09:50

    Tashqi ko‘rinishi tufayli orzusidagi rollarga qabul qilinmagan mashhur aktrisalar (foto)

    30.06.2023, 19:40

    “Sohibjamol va maxluq” ertagining turkcha varianti — “Muhabbat afsonasi” seriali va uning qahramonlari haqida nimalar ma’lum?

    28.06.2023, 18:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Bosqinni hech qachon tan olmang”. Ozarbayjon prezidenti Ukraina yaxlitligini tiklash bo‘yicha tavsiyalar berdi

    Dunyo | 20 iyul, 13:10

    Ukraina Avstraliyadan Abrams tanklarining dastlabki partiyasini oldi

    Dunyo | 20 iyul, 12:40

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati qanchaga ko‘tarilishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 12:10

    Rossiyada Mudofaa vazirligining yuqori martabali rasmiysi 6 yilga qamaldi

    Dunyo | 20 iyul, 11:40

    Navoiyni zararli tutun qopladi (video)

    O‘zbekiston | 20 iyul, 11:10

    Dastin Porye faoliyatidagi so‘nggi jangida Maks Holloueyga yutqazdi

    UFC | 20 iyul, 10:30

    Saudiya Arabistonining “uyqudagi shahzoda”si vafot etdi

    Dunyo | 20 iyul, 10:30

    Messi penaltisiz urilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldudan o‘zib ketdi

    Futbol | 20 iyul, 10:04
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.