• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Bu dunyoda ‘yaxshi ishlading’dan ko‘ra yomonroq so‘z mavjud emas!” — “Qat’iyat” filmi haqida

    Fletcher — azaliy streotiplar yig‘indisi. “Yiqildingmi, joyingni bo‘shat!”

    “Qat’iyat” filmi buyuk musiqachi bo‘lishni orzu qilgan iste’dodli talaba haqida hikoya qiladi. Baxtga qarshi, u “ikkita tushuncha mavjud: meniki to‘g‘ri va qolgan barchasi noto‘g‘ri” tamoyili bo‘yicha odamlar bilan ishlaydigan, favqulodda daholarni kashf qilish uchun shafqatsiz hamda kamsituvchi usullardan foydalanadigan zolim dirijyor Fletcherning ta’siriga tushib qoladi. Fletcher yo‘li bizga bolalikdan miyamizga singdirilgan “qonunlar”ga o‘xshaydi: “O‘g‘il bolasan, yig‘lama, hech qachon muhim vaziyatlarda xato qilma, doim to‘g‘ri qaror qabul qil, eplolmayman degan narsani o‘ylama, bosh tortishga haqqing yo‘q!..”

    Endryu esa… Endryu jim yurishni afzal biladigan, biroz uyatchanroq, ammo nihoyatda mehnatsevar va talantli yigit. Uning fe’l-atvoridagi qusurlardan eng kattasi bu ijodda murosaga kelishdan bosh tortishdir. (Balki bu kamchilikmasdir. Umuman, qusurlar ham nisbiy tushuncha: birovga yoqmagan qilig‘ingdan o‘zing maza qilishing mumkin) U qilgan har bir murosasi uni buyuk bo‘lish orzusidan uzoqlashtirishini juda yaxshi bilardi va shuning uchun qaysarlik darajasini oshirib borishdan to‘xtamaydi.

    Kinoda Endryuni to‘liq holda yaxshi ko‘rib bo‘lmaydi. U qip-qizil egoist va yumshoq qilib aytganda, unchalik ham yoqimli odammas. Ba’zi xarxashalari, infantil dod-voylarini ko‘rib, tomoshabinning g‘ashi keladi. Albatta, biz bilgan buyuk daholarning deyarli hech biri muomalali, odamoxun bo‘lmagan, bunday xarakterni shakllantirish uchun, avvalo, ularda vaqt yo‘q edi. Lekin o‘zida san’atning nafis va nozik uslublarini saqlab qolganlar ham yo‘q emas.

    Xullas, yigitcha eng zo‘r murabbiy qo‘l ostida ishlashni orzu qiladi. Umuman olganda, hamma Fletcherning sog‘lom odamning asablari dosh berishi mushkul bo‘lgan tabiatiga qaramay, undan nimadir o‘rganish uchun guruhiga oqib kelishadi. Ne ajabki, Fletcherning o‘z orkestriga yangi barabanchilarni qo‘shish uchun o‘tkazgan tanlovida, garchi kino so‘nggiga qadar undan ko‘ngli to‘lmagan bo‘lsa-da, aynan Endryuni tanlaydi. Bunga hech qanday izoh, tushuntirish berilmagan. Ammo ikki dahoning g‘alati munosabatlari haqidagi qissa shu tarzda boshlanadi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Asila Umarova

    Syujet rasshifrovkasi

    19 yoshli barabanchi Endryu Niman (Maylz Teller) Nyu-Yorkdagi konservatoriyada tahsil oladi. Uning eng katta orzusi esa mashhur maestro Terens Fletcher (J.K.Simmons) orkestrida faoliyat olib borish.

    Fletcher — tepada ta‘kidlab o‘tganimdek, o‘ta qattiqqo‘l, mehr-shafqatsiz va natija uchun har narsaga tayyor bo‘lgan talantli murabbiy. Fletcherning mashg‘ulotlariga tashrif buyurgan Nimanda Xenk Levi bastalagan “Whiplash” kompozitsiyasi uchun orkestrga qo‘shilish imkoni paydo bo‘ladi. O‘z ishini a’lo uddalagan Niman asosiy barabanchi sifatida qabul qilinadi, lekin yo‘l qo‘ygan arzimas xatosi tufayli Fletcher Niman o‘rniga boshqa barabanchini orkestrga oladi. Bundan norozi bo‘lgan, yangi barabanchidan o‘zini kuchliroq va talantli deb hisoblagan Niman maestro bilan uzoq tortishuv hamda 5 soatlik, qo‘llarining qonashigacha davom etgan mashg‘ulot sabab yana asosiy barabanchi o‘rnini qaytarib oladi.

    Muvozanat buzilishi

    Mashg‘ulotlar davomida Nimanning shaxsiy hayotida xaos boshlanadi: yaxshi ko‘rgan qizi bilan munosabatlari tobora yomonlashayotgani, uydagilari bilan gaplashmay qo‘ygani, do‘stlari uyushtirgan kechalarni hech ikkilanmasdan rad etishi uni sira xavotirga solmay qo‘yadi. Oqibatda, u yolg‘izlanib qoladi. Lekin Endryu muhim bo‘lmagan narsalar uchun qayg‘urmaslik kerak deb o‘ylaydi. U nima xohlayotganini aniq biladi: Ijodxonaga qamalib, ko‘ngil to‘lmaguncha, baraban qarshisida soatlab ter to‘kish kerak.

    Niman atrofdagi yaqinlarining baqirishlariga chalg‘imaydi. Hatto yuziga tarsaki tortib yuborishsa ham qanday qilib barabanni yanada tezroq urish mumkinligi haqida bosh qotiradi. Barcha muammolar, turmush tashvishlari, o‘qish, ish, munosabatlar ikkinchi darajaga tushib qoladi. Maqsadi uchun yaxshi ko‘rgan qizi bilan ajrashishgacha boradi. Bu ulkan qurbonlik unga chumoli chaqqanchalik ta‘sir qilmaydi, chunki butun xayolini telbanamo musiqa zavqi, kinoyaga to‘la nigohlarida hech nimani eplolmaysan, qabilidagi fikrni uqib olish unchalik ham qiyin bo‘lmagan kalbosh ustidan zafar qozonish, qasd olish intiqomi egallagandi. Sutkasiga o‘n besh soatlab shug‘ullanayotgan Nimanda endi faqat bir istak ustuvor edi — Fletcher boshchiligida, katta musiqiy zalda o‘z iste’dodini namoyish qilish, bu qontalash qo‘llar nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib qo‘yish!

    Filmdagi voqealar Nimanning kuchli irodasi, qat’iyati, tirishuvchanligi va og‘riq ostidagi tinimsiz mehnatlari bilan davom etadi. Inson irodasi qay darajada kuchli bo‘la olishini eng zo‘r ko‘rinishda tasvirlab bera olgan “Qat’iyat” filmi 3 ta Oskar va yana 91 ta sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

    Filmdagi g‘oya barcha sharh va tahlillarda ochiqlanib bo‘lgan. Kartinada yashirin ma’noning o‘zi yo‘q. Kino maqsadga erishish uchun hamma narsani, hatto undan ham ko‘prog‘ini berish kerakligini aytadi. Faqatgina shunda odam muvaffaqiyatga erishishi, chinakam yaratuvchiga aylanishi mumkin.

    Tomoshabin bilan hissiyot o‘yinlari qilish uchun “ter va qon” aks ettirilgan majoziy sahnalar yaratildi. Rejissyor muxlis nigohini Endryuning qonli, yara bo‘lib ketgan qo‘llariga hamda yuzidan, bo‘ynidan, sochlaridan shuvullab oqayotgan terga qaratadi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Asila Umarova

    “Sevgi ilhom beradi? Qip-qizil safsata!”

    Ushbu kino san’at bilan bog‘liq ba’zi streotiplarni rad etadi. Stereotiplardan biri quyidagicha: agar sen nufuzli orkestr (teatr, konservatoriya) guruhida bor bo‘lsang, baribir muvaffaqiyatga erishasan. Bori shu. Qanday bo‘lmasin, odam har kuni o‘z joyiga loyiqligini isbotlashi kerak. Shu bilan birga, barcha harakatlaring birinchi muvaffaqiyatsizlikdan keyin seni tashqariga uloqtirib yubormasliklarini kafolatlamaydi. Hayot — beshafqat. U shunchalar befarqki, ba’zida ikkinchi imkoniyat ham taqdim etmaydi.

    Ikkinchi stereotip farosati joyida odamlarni ham hafsalasini pir qiladi. “Iste’dod har doim o‘z yo‘lini bosib o‘tadi”. Kino buni ham inkor etdi. Minglab iste’dodlilar qayta-qayta yutqazib sinib ketadi, o‘zini o‘ldiradi, o‘ldirmagani turmushning qorong‘i bo‘lmalariga kirib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Bitta iste‘dodli odam o‘zini ko‘rsatish uchun talab etiladigan mehnat hamda kurash uni yutib yuboradigan yuzlab vasvasalarni keltirib chiqaradi. U o‘z vijdonining oldida, bu yo‘lni yengib o‘tsa ham, boshidanoq oq bayroq ko‘tarsa ham, na og‘rinadi, na sevinadi. Ilojsiz ekanligini quruq hissiyot bilan tan oladi va barcha kabi yashayveradi.

    Kino davomida uchinchi, biz sevgan stereotip ham buziladi: “Sevgi senga ilhom beradi, oilang esa har bir qaroringni, shubhasiz, qo‘llab-quvvatlaydi!” Yo‘q! O‘zaro munosabatlar juda ko‘p vaqt talab etadi, bu bosh maqsaddan chalg‘itadi. Oila esa hech qachon yosh, ammo buyuk holda o‘lib ketish istagini yoqlamaydi.

    Xulosa 1

    Filmning so‘nggi daqiqalarida Fletcher ko‘plab tomoshabinlarni hayratda qoldirgan gapni Nimanning qulog‘iga shipshiydi: “men jin urgur to‘nkaga o‘xshaymanmi, Nilan? Meni kim chaqib berganini juda yaxshi bilaman, la’nati!” Yigitcha bilan birgalikda kinotomoshabinlar ham hayratdan tosh qotadi. Bu g‘azab nimani anglatadi?

    Gap shundaki, Nilan guruhdan ketgach, kimdir Fletcherning zo‘ravonlikka moyil harakatlari uchun ustidan yozib beradi. Natijada, to‘plangan shuncha obro‘ bir pul bo‘ladi — Fletcher bor-budidan ayriladi. Yarim yildan so‘ng, Nilan Fletcher bilan kichik bir barda uchrashib qoladi. Dirijyor unga samimiylik bilan yana birga ishlash taklifini beradi. Nilan buni ikkinchi imkoniyat o‘laroq qabul qiladi. Biroq, Fletcher intiqom alangasida yonar, qasd olish fursatlarini sabrsizlik bilan kutardi. U Nilanni hammaning oldida sharmanda qilmoqchi bo‘ldi: yigitcha qattiq tayyorlanib keladi, ammo asl kompozitsiya muxlislar bilan to‘lgan sahnada oshkor qilinadi. Nima qilishni bilmagan barabanchi esa no‘noq sanalib, omma oldida kulgi bo‘ladi.

    Endryu hammasi uyushtirilganini anglab yetadi. Bundan tashqari, bu vaziyatdan qanaqadir improvizatsiya bilan chiqib keta olmasligini ham fahmiga yetadi. Biroq, qisqa fursat ichida shunday jasorat topadiki, sobiq ustozi axiyri uning Xudo bergan talantiga tan berishdan bo‘lak iloji qolmaydi.

    Qattiq stress, yuqori darajadagi asabiylik, madda bog‘lagan alam bekilib turgan yaratuvchanlik qopqasini ochib yuboradi: Nilanning o‘zi sahnada odamlar xotirasida bir necha yillar saqlanib qoladigan konsert qo‘yib beradi.

    Kino nomiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, “Whiplash” so‘zma-so‘z tarjima qilinganda, “qamchi” degan ma’noni anglatadi. Bu o‘zini o‘zi qamchilab, harakatga undash mashaqqati oldida boshqaruvchining qamchilashi hech narsa emasligini bildiradi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Asila Umarova

    Boshqa rakursdan olingan xulosa 2

    Xo‘p, tanganing orqa tarafidan qaraymiz. Film inson o‘z iste’dodini qanday namoyish qilishi, iroda kuchi, tinimsiz mehnat haqida emas. Gap ikki egoning shafqatsiz va nihoyasiz jangi xususida boradi.

    “Qat’iyat” chuqur konflikt natijasida biri ikkinchisi ustidan g‘alaba qozonganidan ham ko‘proq, ikki antagonist ham hayotda eng sevgan mashg‘uloti uchun birlasha olgani, borini berganini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Vanihoyat, finalda musiqa g‘alaba qozonadi. Tamom, ortiqcha sharhga hojat yo‘q.

    Asardan iqtiboslar

    Fletcher: “Bu mening tempimdagi ijro emas!”

    Fletcher: “Ingliz tilida ‘yaxshi ish’dan ko‘ra ko‘proq kamsitish ma’nosini to‘liq beradigan ikki so‘z mavjud emas.”

    Fletcher: “Niman, sen o‘z o‘rningni qayta ishlab olding. Endi marhamat qilib, mening barabanimga to‘kilgan qonlaringni tozalab qo‘y.”

    Fletcher: Charli Parker qanday mashhur bo‘lganini sizlarga aytib berganman-ku, to‘g‘rimi?

    Niman: Joy Jons unga likopcha otgan.

    Fletcher: To‘g‘ri. Parker yoshligida tuzukkina saksafon chalgan. Bir marta orkestr bilan sahnaga chiqib qovun tushirgan. Jons bu qilig‘i uchun kallasini uzib olishiga sal qolgan. Orkestr tazyiqi ostida Parker tuni bilan yig‘lab chiqqan. Va ertalab nima qilgan? Mashqni boshlagan. Tinmay mashq qilgan. Tun-u kun. Ustidan boshqa kulmasliklari uchun. Bir yildan so‘ng sahnaga chiqib, dunyoni lol qoldirgan kuyni chalgan. Agarda Jons unga qo‘yaver, Charli, bo‘lib turadi, hammasi yaxshi, deganida nima bo‘lardi? Parker hech kim bo‘lardi. Betakror kuy ham yaratilmas edi. Nazarimda, bu fojia. Ammo hozirgilarga aynan shu kerak: papalash. Jazz bekorga xarob bo‘lmayapti…

    Qiziqarli faktlar

    — “Qat’iyat” — amerikalik rejissyor Demien Shazelning ilk to‘liq metrajli filmi. To‘liq filmni suratga olish uchun Demiyen Shezell avvaliga homiy topa olmagan va moliyaviy qiyinchilik sabab kinoni qisqa metrajli holda 2013 yili ommaga taqdim etgan. Ko‘plab mukofotlar va pul mablag‘larini qo‘lga kirita olganidan so‘ng esa, Shezell to‘liq filmni suratga olishga erisha olgan.

    — Film juda qisqa muddatda, atigi uch yarim hafta ichida suratga olingan.

    — Endryu rolini ijro etuvchi Maylz Teller o‘smirligida baraban chalgan, ammo filmga tayyorgarlik paytida u o‘z mahoratini oshirish uchun kuniga bir necha soat mashq qilgan. Aktyor bu jarayonga shunchalik berilib ketadiki, qo‘llari qavarib, chindan qonab ketadi. Ammo, sa’y-harakatlari behuda ketmadi: filmdagi musiqiy qismlarning deyarli yarmi u tomonidan ijro etildi.

    Azizbek Yusupov

    03.07.2023, 23:20   Izoh (0)   7681
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vaqtida so‘ralmagan erk tashnaligi, beg‘uborlik qobig‘i va ko‘zgudagi haqiqat. “Qora oqqush” filmidagi ishoralar talqini

    19.05.2023, 10:30

    “Men o‘limdan qo‘rqmayman, men bir keksa fizikman. Men vaqtdan qo‘rqaman…” — “Interstellar” filmi haqida

    31.05.2023, 23:05

    “Ba’zida azaliy orzusiga erishish harakatida odam maxluqqa aylanadi...” — Nolanga “afsungar” maqomini olib kelgan “Prestij” filmi haqida

    17.06.2023, 23:30

    “Indiana Jons va taqdir g‘ildiragi” filmi namoyishining birinchi haftasida 130 million dollar ishlab topdi

    03.07.2023, 16:40

    “Kalmar o‘yini”ning ikkinchi mavsumida 8 nafar yangi aktyor ishtirok etadi

    03.07.2023, 09:50

    Tashqi ko‘rinishi tufayli orzusidagi rollarga qabul qilinmagan mashhur aktrisalar (foto)

    30.06.2023, 19:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Polsha Rossiyani savdo markazini yoqib yuborganlikda aybladi

    Dunyo | 12 may, 08:38

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.