Surxondaryo viloyati Angor tumanida chiqindi poligoni yoqib yuborilgani oqibatida aholi nafas olishga qiynalayotgani aytildi. Viloyat Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan tushuntirish berdi.
Unga ko‘ra, holat Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Angor tuman bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan joyiga chiqib, o‘rganildi. O‘rganish jarayonida Angor tumani “Kattaqum” mahallasida joylashgan chiqindi poligoni tabiiy ravishda alanga olganligi aniqlandi.
Mutasaddilarning bergan ko‘rsatmalari asosida belgilangan tartibda o‘chirilib, joyida rekultivatsiya qilindi.
Izoh (0)