Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari hamda Prezident maktablarining bo‘sh o‘rinlariga o‘qishga hujjatlar qabuli, ko‘p sonli ota-onalarning talablariga binoan, 2023-yilning 10-iyul kuniga qadar uzaytirildi.
“Ta’lim nazorati” kanali xabariga ko‘ra, Prezident maktablariga qabul faqat 4-sinfdan 5-sinfga o‘tayotgan o‘quvchilar uchun 30-iyunda yopiladi. Qolgan bo‘sh o‘rinlarga qabul 10-iyulga qadar uzaytiriladi.
Ijod maktablariga qabul 30-iyunda to‘liq yopiladi.
Ixtisoslashtirilgan maktablarning barchasiga qabul 10-iyulga qadar uzaytiriladi.
O‘quvchining ota-onasi (qonuniy vakillari) qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- maxsus shakldagi ma’lumotnoma;
- talabgorning tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
- o‘quv yili natijasiga ko‘ra, talabgorning baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi.
Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi.
Izoh (0)