Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi chiqindi poligonida 27-fevral kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan tuman hokimligi mutasaddi idoralar vakillari ishtirokida guruh tuzilgan. Hozirda chiqindi tashlash poligonida yong‘inning oqibatlari o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Telegram’dagi “Markaz24” kanalining yozishicha, chiqindi poligonidagi yong‘in sababli hudud havosi keskin darajada ifloslangan. Tabiat resurslari vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasi mazkur masala o‘rganilib, qo‘shimcha ma’lumot berilishini qayd etgan.
Izoh (0)