Samarqand viloyatidagi umumta’lim maktablarining birida maktabni a’lo baholarga tugatgan o‘quvchiga oltin medal berilmagani aytildi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan tushuntirish berdi.
Samarqand shahridagi 29-umumta’lim maktab ma’muriyatining ma’lum qilishicha, Mirzomuso Olimov 2018/2019-o‘quv yilida (7-sinfda) tasviriy san’at fanidan oraliq nazoratidan 4 baho olgan. 2019/2020-o‘quv yilida (8-sinfda) adabiyot, o‘zbek tili va fizika fanlaridan 4 baho, 2019-yil 29-noyabr kuni adabiyot fanidan, 2020-yil 20-yanvar va 20-fevral kunlari o‘zbek tili fanlaridan 2 baho olgan. 2020/2021-o‘quv yilida o‘zbek tili, ingliz tili, informatika, geografiya, fizika, iqtisodiyot fanlaridan oraliq nazorat ishlaridan 4 baho olgan.
Ushbu sabablarga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martidagi 140-sonli qaroriga asosan, 9-sinfni bitirishda imtiyozli shahodatnoma berilmagan. Maktabni oltin medal bilan bitirish talablaridan biri o‘quvchi 9-sinfni imtiyozli shahodatnoma bilan tamomlashi lozim ekani ta’kidlangan.
Izoh (0)