• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

    Foto: "Daryo" / Madina Nurman

    Tabrik matni quyida to‘lig‘icha keltiriladi.

    Yer yuzidagi jamiki islom ummati qatori mehr-muruvvat, ezgulik va saxovat ramzi – muborak Qurbon hayitini katta shod-u xurramlik bilan kutib olayotgan siz, azizlarni, barcha yurtimiz musulmonlarini, butun xalqimizni ushbu ulug‘ ayyom bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan g‘oyat mamnunman.

    Dillarimiz quvonchga to‘lgan mana shunday qutlug‘ damlarda avvalo el-yurtimiz bilan birga Qurbon hayitiga tinch-omon yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.

    Ayni paytda bu muqaddas bayram mohiyatida mujassam bo‘lgan tinchlik, do‘stlik va hamkorlik, insonparvarlik g‘oyalari bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirayotgan islohotlarimiz, ulkan maqsad va vazifalarimizga uyg‘un va hamohang ekanini his etib, ko‘ngillarimiz yanada shukuhga to‘lmoqda.

    Yurtimizdagi har bir mahalla, shahar va qishloqdagi tinchlik va obodlik, jamiyatimizdagi o‘zaro hurmat, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashda Qurbon hayiti singari azaliy bayram va qadriyatlarimizning o‘rni va taʼsiri tobora ortib bormoqda.

    Fursatdan foydalanib, o‘zining fidokorona va olijanob mehnati bilan hayotimizni yanada erkin va farovon qilish, inson qadrini ulug‘lashdek ezgu ishlarga munosib hissa qo‘shayotgan barcha aziz yurtdoshlarimizga chin dildan samimiy minnatdorchilik bildiraman.

    Qadrli do‘stlar!

    Keyingi yillarda yurtimizda milliy va diniy qadriyatlarimizni rivojlantirish, vijdon va eʼtiqod erkinligini taʼminlash borasida katta ishlar amalga oshirilayotgani barchangizga yaxshi maʼlum, albatta.

    Xususan, mo‘min-musulmonlarimiz uchun yaratilayotgan qulay sharoit va imkoniyatlar tufayli mana shu Qurbon hayiti kunlarida 15 ming nafar vatandoshimiz Makkai mukarramada muqaddas haj ziyoratini ado etmoqda.

    Ularning barchasini bugungi ulug‘ ayyom bilan qutlab, Vatanimiz ravnaqi, el-yurtimiz tinchligi va farovonligi, oilalarimiz, farzandlarimizning baxt-u iqbolini tilab qilayotgan duolari ijobat bo‘lishini Alloh taolodan so‘rab qolamiz.

    Hech shubhasiz, ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali xalqimizning ezgu orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, go‘zal yurtimizni yagona Vatan deb biladigan barcha millat va elat vakillarining urf-odat va anʼanalarini saqlash hamda rivojlantirishga biz bundan buyon ham alohida ahamiyat qaratamiz.

    Ishonchim komil, barchamiz birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz bilan Yangi O‘zbekistonni, millati, tili va dinidan qatʼi nazar, har bir fuqaromiz tinch-osoyishta, erkin va farovon yashaydigan, tom maʼnodagi do‘stlik va bag‘rikenglik diyoriga aylantiramiz.

    Mana shu munavvar lahzalarda dunyoning uzoq-yaqin hududlaridagi barcha mo‘min-musulmonlarga samimiy tabriklarimizni yo‘llab, ularning mamlakatlari va xalqlariga tinchlik va taraqqiyot tilaymiz.

    Hurmatli vatandoshlar!

    Keyingi yillarda shakllangan yaxshi anʼanamizga muvofiq, Qurbon hayiti munosabati bilan bu yil ham bir necha kundan iborat dam olish kunlari belgilandi.

    Bu xonadonlarimizga, hayotimizga Iyd al-Adhaning ezgulik nuri, chinakam bayram kayfiyatini olib kirishga xizmat qiladi, deb ishonaman.

    Muqaddas maskanlar, ulug‘ ajdodlarimiz qadamjolarini ziyorat qilish, mo‘tabar ota-onalarimiz, qarindosh-urug‘larimiz, yoru birodarlarimizni yo‘qlash, ko‘mak va yordamga muhtojlar holidan xabar olish, yurtimiz bo‘ylab sayohatlarni amalga oshirish uchun bu – yana bir qulay imkoniyat, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.

    Siz, aziz yurtdoshlarimni, butun xalqimizni Qurbon hayiti bilan yana bir bor muborakbod etib, bayramni oila, do‘stlar va yaqinlar bilan birga fayzli va mazmunli o‘tkazishingizni tilayman.

    Ilohim, barcha pok niyatlarimiz amalga oshsin!

    Yurtimiz tinch, xalqimiz doimo omon bo‘lsin!

    Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning o‘zi qo‘llab-quvvatlasin!

    27.06.2023, 19:43   Izoh (0)   10591
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda xususiy tadbirkorning do‘koni yonib ketdi (video)

    27.06.2023, 17:19

    O‘zbekistonda jurnalistlar uchun qator tanlovlar joriy qilinmoqda. G‘oliblar pul bilan rag‘batlantiriladi

    27.06.2023, 16:48

    Jizzaxdagi kanaldan chaqaloq jasadi topildi

    27.06.2023, 16:30

    Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi mansabdori tadbirkorlik faoliyatini qayta tekshirgani uchun jarimaga tortildi

    27.06.2023, 16:14

    O‘zbekistonda dollarning so‘mga nisbatan yangi qiymati e’lon qilindi

    27.06.2023, 16:07

    Toshkentda Qurbon hayiti namozi o‘qilishi sabab qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi (ro‘yxat)

    27.06.2023, 14:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45

    Kolumbiyaning sobiq prezidenti 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

    Dunyo | 2 avgust, 16:20

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35

    Putin Trampning ultimatumiga javob qaytarib, “Oreshnik” raketalari tizimli ravishda ishlab chiqarilayotganini aytdi

    Dunyo | 2 avgust, 15:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.