Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidan oqib o‘tuvchi kanaldan chaqaloq jasadi topildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 21-iyun kuni Sharof Rashidov tumani hududidan oqib o‘tuvchi kanaldan o‘g‘il bola jinsiga mansub chaqaloq jasadi topilgan. Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotiga ko‘ra, chaqaloq o‘lik holatda tug‘ilgan.
Ayni paytda Sharof Rashidov tumani prokuraturasi tomonidan hodisaga aloqador bo‘lganlarning shaxsiga aniqlik kiritish va boshqa holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari ustidan nazorat o‘rnatilgan.
Izoh (0)