• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda jurnalistlar uchun qator tanlovlar joriy qilinmoqda. G‘oliblar pul bilan rag‘batlantiriladi

    O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun qator tanlovlar joriy qilinadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

    Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan OAVni qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish bo‘yicha nizomlar tasdiqlandi. Xususan, Bolalar uchun mo‘ljallangan eng yaxshi tele va radioloyiha tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom. Bunda tanlov 2 yo‘nalishda – “bolalarga mo‘ljallangan eng yaxshi teleloyiha” va “bolalarga mo‘ljallangan eng yaxshi radioloyiha” nominatsiyalarida tashkil etilib, jami 30 ta eng yaxshi loyiha moliyalashtiriladi. Tanlov har yili iyul—avgust oylarida, g‘oliblarni taqdirlash sentabrda o‘tkaziladi. 

    Yana bir nizom — Ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida. Shunga ko‘ra, tanlov har yili chorak yakuni bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

    • gazeta va jurnallarda chop etilgan materiallar;
    • telekanallarda efirga uzatilgan materiallar;
    • radiokanallarda efirga uzatilgan materiallar;
    • veb-saytlarda eʼlon qilingan materiallar.

    Bunda har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar tegishlicha BHMning 50 baravari (1-o‘rin), 40 baravari (2-o‘rin) va 30 baravari (3-o‘rin) miqdorida rag‘batlantiriladi. Shuningdek, har bir yo‘nalish bo‘yicha 5 tadan 22 tagacha sovrindorlar aniqlanib, ular BHMning 10 baravari miqdorida rag‘batlantirilishi nazarda tutilgan. 

    Bundan tashqari, OAV xodimlarining xorijiy tillarni o‘rganish hamda xorijiy tillar bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lish uchun imtihon topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi. Nizomga muvofiq, OAVda kamida 1 yil davomida asosiy ish joyi sifatida ishlab kelayotgan xodimlarning xorijiy tillarni o‘rganish xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 15 baravaridan oshmagan qismi kompensatsiya qilinadi. Bunda ular xorijiy tillar bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi lozim. 

    Jismoniy shaxslar tomonidan davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga elektron tarzda obuna bo‘lish hamda davriy bosma nashrlar uchun obuna xarajatlarining bir qismini qaytarib berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra,  “Obuna” yagona elektron platformasi va uning mobil ilovasi orqali davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining qaytariladigan miqdori obuna rasmiylashtirilganidan 1 oy o‘tib shakllantiriladi. Obuna xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda qaytariladi:

    • ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy, huquqiy, ilmiy-ommabop davriy bosma nashrlar – obuna narxining 10 foizi miqdori;
    • bolalarga mo‘ljallangan davriy bosma nashrlar – obuna narxining 20 foizi miqdori.

    Shu bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlari muassisligida bo‘lmagan davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shakllarini yaratish, ularni modernizatsiya qilish va bir yil davomida yuritish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom ham tasdiqlandi. Bunda har yili eng yaxshi 20 ta loyihani aniqlash bo‘yicha tanlov eʼlon qilinib, g‘olib loyihalarga O‘zbekistonning axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratiladi.

    27.06.2023, 16:48   Izoh (0)   3924
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijon hokimi uyi yonib ketgan jurnalistga yangi uy sovg‘a qilinishini maʼlum qildi

    26.06.2023, 11:39

    Jizzaxdagi kanaldan chaqaloq jasadi topildi

    27.06.2023, 16:30

    Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi mansabdori tadbirkorlik faoliyatini qayta tekshirgani uchun jarimaga tortildi

    27.06.2023, 16:14

    O‘zbekistonda dollarning so‘mga nisbatan yangi qiymati e’lon qilindi

    27.06.2023, 16:07

    Toshkentda Qurbon hayiti namozi o‘qilishi sabab qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi (ro‘yxat)

    27.06.2023, 14:56

    Shavkat Mirziyoyev: “Shahar va tumanlardagi markaziy parklarda “Ochiq osmon ostida kutubxona”lar tashkil qilinadi”

    27.06.2023, 14:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.