O‘zbekitonda 26-iyun, dushanba kuni 1,5 mingdan ziyod fuqaro ishga joylashtirildi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, shu kuni Respublika bo‘yicha 8 590 nafar fuqarolar bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat shartnomalari imzolangan. Tuman va shahar bandlik bo‘limlari ko‘magida 1 632 nafar fuqaro ishga joylashtirilgan. Shuningdek, 197 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan.
Bundan tashqari, 842 nafar nafaqa yoshiga yetgan ishsiz fuqaroning mehnat daftarchalaridagi mehnat staji to‘g‘risidagi ma‘lumotlar “Yagona milliy mehnat tizimi”ga kiritildi.
Qayd etilishicha, 3 294 nafar fuqaroga “oilaviy tadbirkorlik dasturlari” doirasida imtiyozli kreditlar ajratish uchun tavsiyanomalar berildi, 273 nafar fuqaroga bandlikni rag‘batlantiruvchi subsidiya ajratish uchun tavsiyanomalar berildi, 11 nafar tadbirkorlik subyektlariga ishga qabul qilingan fuqarolar uchun subsidiya ajratilgan.
Izoh (0)