AQSHda 20 yil ichida birinchi marta bezgak bilan kasallanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-06-27_20-34-49.jpg)
Chivinlar orqali yuqadigan potensial xavfli bezgak AQSHda qayd etildi. Bezgakning uchta yangi holati — bittasi Texasda va ikkitasi Floridada aniqlangan, bemorlar kasallikka chalinishdan oldin mamlakatda bo‘lgani xavotir uyg‘otmoqda.
Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari tomonidan qayd etilgan oxirgi holat 2003-yilda Florida shtatining Palm-Bich shahrida aniqlangandi.
Odatda AQSHda bezgak bilan kasallanish holatlari mamlakat tashqarisida sayohat qilgan odamlarda kuzatilgan. Biroq hozirgi uchta holat mahalliy chivinlar kasallikni odamlarga yuqtirishi mumkinligidan xavotirga sabab bo‘lmoqda.
Izoh (0)