• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Odamlar yer ostidan ko‘p suv qazib chiqarishi oqibatida Yer o‘qi siljidi — tadqiqot

    Odamlarning yerosti suvlariga bo‘lgan cheksiz chanqog‘i shunchalik oshdiki, bu Yer o‘qining siljishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda yangi tadqiqotga tayanib, CNN xabar berdi.

    Foto: Getty Images

    Yerosti suvlari odamlar va chorva mollarini ichimlik suvi bilan ta’minlaydi va yomg‘ir kam bo‘lganda ekinlarni sug‘orishda yordam beradi. Biroq yangi tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, o‘n yildan ortiq vaqt davomida doimiy yerosti suvlarini qazib chiqarish Yer o‘qini yiliga taxminan 1,7 dyuym (4,3 santimetr) sharqqa siljitdi.

    Bu o‘zgarish hatto Yer yuzasida ham kuzatilishi mumkin, chunki u global dengiz sathining ko‘tarilishiga olib keladi.

    “Yerning aylanish qutbi haqiqatda juda o‘zgarmoqda. Tadqiqotimizga ko‘ra, iqlim bilan bog‘liq sabablar orasida yerosti suvlarining qayta taqsimlanishi haqiqatan ham qutblarning aylanish tezligiga eng katta ta‘sir ko‘rsatadi”, — dedi tadqiqotning yetakchi muallifi, Janubiy Koreyadagi Seul Milliy universitetining professori Ki-Veon Seo.

    Yer o‘qining siljishi

    Odamlar Yerning aylanishini his qila olmasligi mumkin, lekin u shimoli-janubiy o‘qi bo‘ylab soatiga 1000 milya (soatiga 1609 kilometr) tezlikda aylanmoqda.

    “Mavsumiy o‘zgarishlarda suv oqimining ko‘payishi yoki kamayishi sayyora aylanish o‘qining burchagi bilan bog‘liq va Yer o‘qi siljishi global masshtabda iqlimga ta‘sir qilishi mumkin”, — deydi NASA reaktiv harakat laboratoriyasining tadqiqotchisi Surendra Adhikari.

    Yerning ichki qismi zich, issiq yadro atrofidagi toshlar va magmadan iborat. Ammo eng tashqi toshli qatlamda ham juda ko‘p miqdorda suv mavjud. Sayyora yuzasi ostida suvli qatlamlar deb nomlanuvchi toshli rezervuarlar dunyodagi barcha yerusti daryolari va ko‘llaridan 1000 marta ko‘proq suvni o‘z ichiga oladi.

    2010-yilda eʼlon qilingan hisob-kitoblarga ko‘ra, 1993-2010-yillar oralig‘ida, tadqiqot bilan qamrab olingan davrda odamlar Yerning ichki qismidan, asosan, Shimoliy Amerikaning g‘arbiy qismi va Hindistonning shimoli-g‘arbiy qismidan 2150 gigatonnadan ortiq yerosti suvlarini chiqarib olishgan.

    Taqqoslash uchun, agar bu miqdor okeanga quyilsa, u global dengiz sathini taxminan 0,24 dyuymga (6 millimetr) ko‘taradi.

    2016-yilda yana bir tadqiqotchilar guruhi 2003-2015-yillar oralig‘ida Yer aylanish o‘qining siljishi muzliklar va muz qatlamlari massasidagi o‘zgarishlar, shuningdek, sayyoramizning quruqlikdagi suyuq suv zaxiralari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aniqladi.

    Aslida Yerdagi massaning har qanday o‘zgarishi, shu jumladan, atmosfera bosimi uning aylanish o‘qiga ta’sir qilishi mumkin.

    Ammo atmosfera bosimining siljishi natijasida yuzaga keladigan o‘qning o‘zgarishi davriy bo‘ladi, ya‘ni keyin o‘zining dastlabki holatiga qaytadi.

    Yerosti suvlarini qazib chiqarishning ta’sirini aniqlash

    Yangi tadqiqot uchun olimlar 2010-yilgi yerosti suvlarini qazib chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olib, uni kompyuter modellariga, shuningdek, muzning kamayishi, dengiz sathining ko‘tarilishi va aylanish qutblarining o‘zgarishi haqidagi kuzatuv ma’lumotlariga kiritdi.

    Tadqiqotchilar dengiz sathining o‘zgarishini “yerosti suvlari massasining namunadagi o‘zgarishidan foydalangan holda” baholadi, bu Yer o‘qi o‘zgarishining qancha qismi faqat yerosti suvlarini qazib chiqarish natijasida sodir bo‘lganini aniqlashda yordam beradi.

    Aniqlanishicha, yerosti suvlarining qayta taqsimlanishi yigirma yildan kamroq vaqt ichida Yer aylanish o‘qini sharqqa 31 dyuymdan (78,7 santimetr) ko‘proqqa siljitgan.

    “Ushbu ma'lumotlar bilan olimlar o‘tmishga nazar tashlashi va so‘nggi 100 yil ichida iqlim isishi sababli sayyoralar tizimidagi o‘zgarishlarni kuzatishi mumkin”, — deydi professor Seo.

    Yerostidan suv chiqarish, ayniqsa, iqlim o‘zgarishi tufayli qurg‘oqchilikdan qattiq jabr ko‘rgan dunyoning ayrim qismlarida hayot yo‘li bo‘lishi mumkin. Lekin suyuq suvning yerosti zaxiralari tugagandan so‘ng sekin to‘ladi.

    Yerosti suvlarini qazib chiqarish nafaqat qimmatli resursni yo‘qotishga; balki kutilmagan global oqibatlarga olib keladi.

    “Biz Yer tizimlariga turli yo‘llar bilan ta’sir qildik. Odamlar bu haqda bilishi kerak”, — deydi Seo
    27.06.2023, 19:30   Izoh (0)   24247
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Odamlar Oyda yashay oladimi? Amerikalik astrofizik buning ehtimolini baholadi

    16.01.2023, 00:55

    Olimlar: Yer yadrosi teskari yo‘nalishda aylana boshlagan bo‘lishi mumkin

    24.01.2023, 22:21

    Lukashenko “Vagner” Belarusga qanday foyda olib kelishini aytdi 

    27.06.2023, 18:14

    Putin “Vagner” guruhi haqida gapirdi

    27.06.2023, 17:33

    Yerga diametri 160 metrlik asteroid yaqinlashmoqda 

    27.06.2023, 17:14

    Xitoy bilan chegarada bubonli vabo qayd etildi 

    27.06.2023, 16:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.