Aleksandr Lukashenko “Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin hozir Belarusda ekanini aytdi. Bu haqda BelTA xabar berdi.
Lukashenko harbiylar, huquq-tartibot idoralari va jurnalistlar oldida qilgan chiqishida bu bo‘yicha ma’lumot berdi. U Prigojinga Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan berilgan kafolatlar bajarilganini ta’kidladi.
“Men Prigojin allaqachon samolyotdan foydalanayotganini ko‘ryapman. Ha, haqiqatan ham u bugun Belarusda”, — dedi u.
Lukashenko Belarus mudofaa vaziri Viktor Xreninning “Vagner” kabi jangovar bo'linmadan foydalanish haqidagi fikrini qo‘llab-quvvatladi.
“Roziman. Ular bilan gaplashing”, — dedi siyosatchi.
Shuningdek, Belarus rahbari “Vagner” uchun lager qurilmasligi, chodirlar o‘rnatilishini aytdi.
“Biz hozircha hech qanday lager qurmayapmiz. Lekin agar xohlasalar alohida hududlarni ko'rib chiqishadi, chodirlar o‘rnatishadi. Lekin hozircha ular Luganskdagi o‘z lagerlarida joylashgan”, — dedi u.
Izoh (0)