Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari harbiy texnikalarda Rossiyaga yordam berish uchun poligon hududida shay bo‘lib turgani, ammo vaziyat o‘zgargani uchun borishdan qoldirilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Mudofaa vazirligi mazkur xabarlarni inkor etdi.
Qayd etilishicha, mazkur xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Tasvirlangan videoda shu yilning mart oyida Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tgan Vatanparvarlik festivaliga jalb etilgan texnikalar aks etgan.
Mudofaa doktrinasiga ko‘ra, O‘zbekistonning mudofaa sohasidagi siyosati boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ehtimol tutilgan nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish tamoyillariga asoslanadi.
Izoh (0)