AQSHning Missuri shtati Kanzas-Siti shahridagi avtoturargohda sodir bo‘lgan otishmada kamida uch kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda ABC okrug sherifiga tayanib.
Hodisa mahalliy vaqt bilan 04:30 atrofida sodir bo‘lgan. Otishma qurbonlari ikki ayol va bir erkak ekani xabar qilinmoqda. Qolgan jabrlanganlar hayotiga xavf tug‘dirmaydigan jarohatlar bilan shifoxonalarga yetkazilgan.
Hozircha bu voqeaga aloqador bo‘lganlar qo‘lga olingani haqida ma'lumot yo‘q. Politsiya jinoyatchini qidirmoqda va uning motivlarini aniqlamoqda.
6-iyun kuni AQSHning Virjiniya shtatida qurollangan shaxs Monro bog‘ida bitiruv marosimiga yig‘ilgan odamlarga qarata o‘q uzgan. Otishma natijasida ikki kishi halok bo‘lgan, besh kishi yaralangan.
Izoh (0)